Download Print this page

Braun Oral-B 3766 Manual page 16

Hide thumbs Also See for Oral-B 3766:

Advertisement

Available languages
  • EN

Available languages

  • ENGLISH, page 1
Oral-B servis markaziga olib boring. Elektr
ta'minot shnurlarini almashtirib bo'lmaydi.
Agar shnur shikastlangan bo'lsa, jihozni
chiqitga chiqarish lozim bo'ladi. Qurilmani
o'zgartirmang va ta'mirlamang. Bu
yong'inga, elektr toki urishiga yoki
jarohatlanishga olib kelishi mumkin.
Qurilmaning birorta ham tiqiniga begona
narsalarni suqmang.
3 yoshgacha bo'lgan bolalar tomonidan
foydalanilishi tavsiya qilinmaydi. Bolalar va
jismoniy, sezish yoki aqliy qobiliyatlari
cheklangan yoki tegishli tajribasi yoki bilimi
yetarli bo'lmagan shaxslar bu tish
cho'tkasidan faqat ular o'zlarining
xavfsizligiga javobgar shaxslar nazorati
ostida bo'lganlaridagina yoki jihozdan
foydalanish bo'yicha ko'rsatmalar
olganlarida va uning ehtimoliy xavfini anglab
yetganlaridagina foydalanishlari mumkin.
Qurilmani tozalash va ishlatish bolalar
tomonidan amalga oshirilmasligi kerak.
Qurilma bilan o'ynash taqiqlanadi.
Faqat tishlarni tozalash uchun
mo'ljallangan. Chyotkani g'ajimang.
O'yinchoq sifatida yoki kattalarning
nazoratisiz foydalanmang.
Ushbu qurilmadan faqat maqsadga
muvofiq foydalaning. Ishlab chiqaruvchi
tomonidan tavsiya etilmagan
aksessuarlarni / almashtiriladigan
nasadkalarni ishlatmang.
Faqat jihoz majmuasiga kirgan zaryadlash
qurilmasidan foydalaning.
DIQQAT
• Zaryadlash qurilmasi / zaryadlash stansiyasi, elektr ta'minot
bloki yoki zaryadlash funksiyasiga ega yo'l g'ilofining suvga
yoki suyuqlikka tushib ketishining oldini oling va ularni vanna
yoki rakovinaga bexosdan tushib ketishi mumkin bo'lgan
joylarga qo'ymang. Qurilma suvga tushganida uni chiqarib
olishga urinmang. Uni darhol elektr tarmog'idan uzing.
• Qurilma akkumulyatorini almashtirib bo'lmaydi. Qurilmani
ochmang yoki qismlarga ajratmang. Akkumulyatorni qayta
ishlash uchun qurilmani atrof-muhitni himoya qilish
sohasidagi mahalliy qonunchilikka to'liq amal qilgan holda
chiqitga chiqaring. Dasta butunligining buzilishi qurilmaning
shikastlanishiga olib keladi va kafolatni bekor qiladi.
• Elektr tarmog'idan uzishda doimo shnurdan ushlab emas,
balki vilkadan tortib sug'uring. Tarmoq vilkasiga nam
qo'llaringiz bilan tegmang. Bu elektr toki urishiga olib kelishi
mumkin.
• Agar siz og'iz bo'shlig'ining istalgan kasalligidan davolash
kursini o'tayotgan bo'lsangiz, qurilmadan foydalanishdan
avval stomatologingiz bilan maslahatlashing.
• Bu tish cho'tkasi shaxsiy foydalanish uchundir va u
stomatologik amaliyotda yoki klinikada bittadan ko'p bemor
tomonidan foydalanilishi uchun mo'ljallanmagan.
• Stikerlarni dastaga yopishtirgan holda ko'rsatmalarga qat'iy
rioya qiling. Dastaning orqa tarafidagi klapan yopilib qolishi
mumkin emas.
• Kichik qismlarga bo'linishi mumkin; bolalar ololmaydigan
joyda saqlang.
Nasadkaning sinishi mayda detallar tufayli bo'g'ilishga yoki
tishlarning shikastlanishiga olib kelishi mumkin. Buning oldini
olish uchun:
• Har safar foydalanishdan avval nasadkaning dastaga
mahkam yopishib turganligiga ishonch hosil qiling. Agar
nasadka dastaga lozim darajada mahkam yopishib turmasa,
tish cho'tkasidan foydalanishni to'xtating. Hech qachon
nasadkasiz foydalanmang.
• Agar tish cho'tkasini polga tushirib yuborgan bo'lsangiz,
hattoki ko'zga tashlanadigan shikastlanishlar yo'q bo'lsa
ham keyingi foydalanishdan avval nasadkani almashtiring.
• Nasadkani har uch oyda yoki yemirilishiga ko'ra ertaroq
almashtiring.
• Har safar foydalangandan keyin nasadkani yaxshilab
tozalang («Tozalash bo'yicha tavsiyalar» bo'limiga qarang).
To'g'ri tozalash tish cho'tkasi xavfsizligini ta'minlash va
xizmat qilish muddatini uzaytirishga yordam beradi.
Tavsifi va to'liqligi
a Almashtiriladigan nasadka
b Bosim datchigning chiroqli indikatori (modelga bog'liq)
c Yoqish/O'chirish tugmasi (rejimni tanlash)
d Dasta
e Akkumulyator zaryadining chiroqli indikatori
f Past zaryad ko'rsatkich chiroqchasi
g Zaryadlash qurilmasi
To'liq majmua (modelga bog'liq ravishda):
g Nasadka ushlagichi
h Himoya qalpoqchasiga ega nasadkalar uchun konteyner
16

Advertisement

loading