LG M700 Quick Start Manual page 59

Table of Contents

Advertisement

Available languages
  • EN

Available languages

  • ENGLISH, page 69
• Telefon go'shagini yonuvchan materiallar yaqinida
zaryadlamang, chunki go'shak qizib ketishi va yong'inga sabab
bo'lishi mumkin.
• Qurilmaning tashqi qismini tozalash uchun quruq matodan
foydalaning (benzin, erituvchi yoki spirt kabi eritmalarda
foydalanmang).
• Qurilma yumshoq jihozlar ustida bo'lganida uni zaryadlamang.
• Qurilma yaxshi shamollatiladigan joylarda zaryadlanishi kerak.
• Bu qurilmani ortiqcha tutun yoki chang ta'siri ostiga qo'ymang.
• Bu qurilmani kredit kartalar yoki yo'l chiptalarining yaqiniga
qo'ymang; bu magnit tasmalardagi ma'lumotlarga ta'sir
qilishi mumkin.
• Qurilma ekraniga o'tkir buyumlar bilan tegmang, chunki bu
qurilmaning shikastlanishiga olib kelishi mumkin.
• Qurilmaga suyuqlik yoki namning ta'sir qilishiga yo'l qo'ymang.
• Singan yoki dars ketgan shisha bo'lagidan foydalanmang,
tegmang yoki uni olib tashlash yoki tuzatishga urinmang.
Foydalanish qoidalarini buzish yoki noto'g'ri foydalanish tufayli
shisha displeyning shikastlanishi kafolat qamrovi doirasiga
kirmaydi.
• Ushbu qurilma odatdagidek ishlayotgan vaqtda o'zidan issiqlik
chiqaruvchi elekrton qurilmadir. Mos darajadagi ventilyatsiya
mavjud bo'lmagan hollarda o'ta uzoq vaqt to'g'ridan-to'g'ri
teriga tegib turish noqulaylik yoki kichik kuyishlarga olib kelishi
mumkin. Shuning uchun ham ishlatish vaqtida yoki ishlatib
bo'lgandan keyin qurilma bilan ishlaganda ehtiyot bo'ling.
• Qurilmangiz xo'l bo'lsa, uni darhol rozetkadan uzing va
yaxshilab quriting. Pech, mikroto'lqinli pech yoki soch quritgich
kabi tashqi quritish moslamasi bilan quritish jarayonini
tezlashtirishga harakat qilmang.
• Mahsulotning suyuqlikka tegmasligiga ishonch hosil
qiling. Agar mahsulot xo'l bo'lsa, undan foydalanmang
yoki zaryadlamang. Mahsulot xo'l bo'lganda suyuqlikdan
shikastlanish indikatori rangini o'zgartiradi. Shuni yodda
tutingki, bu sizning kafolat ostida taqdim etiladigan har
qanday bepul ta'mirlash xizmatlaridan foydalanishingizni
cheklab qo'yadi.
Qurilmani samarali ishlatish
• Ruxsat talab qilmasdan turib qurilmadan tibbiy qurilmalar
yaqinida foydalanmang. Qurilmangizning ishlashi tibbiy
qurilmaning ishlashiga halaqit berishi yoki bermasligini
aniqlash uchun shifokoringiz bilan maslahatlashing.
5

Advertisement

Table of Contents
loading

Table of Contents