LG PB56 Series Owner's Manual page 115

Lg pb56 series plasma tv owner's manual
Hide thumbs Also See for PB56 Series:
Table of Contents

Advertisement

Available languages
  • EN

Available languages

  • ENGLISH, page 16
Televizorni ko'tarish va siljitish
Iltimos, televizorning turi va hajmidan qat'iy nazar televizorning
tirnalishi yoki unga zarar yetishi xavfi oldini olish va xavfsiz
tarzda tashish uchun quyidagi maslahatlarga amal qiling.
EHTIYOT BO'LING
y Hamma vaqt ekranga tegib ketishdan saqlaning,
chunki bu ekranbuzilishiga olib kelishi mumkin.
y Televizorni dastlab olib kelingan quti yoki qadoqlash
materialiga solingan holda siljitish tavsiya qilinadi.
y Televizorni siljitish yoki ko'tarishdan avval quvvat
manbaiga ulash shnuri va barcha kabellarni uzing.
y Televizorni ushlab turganda unga zarar yetishi
oldini olish uchun uning ekrani sizga teskari qarab
turgan bo'lishi kerak.
y Televizor korpusining yuqori va quyi qismlarini mahkam
ushlang. Shaffof qismi, dinamik yoki dinamikning to'rli
qismidan ushlamaganligingizga ishonch hosil qiling.
y Katta televizorlarni tashish uchun kamida ikki kishi
bo'lishi kerak.
y Televizori qo'lda tashilgan vaqtda uni quyidagi
tasvirda ko'rsatilgani kabi ushlang.
y Televizorni tashish vaqtida uni zarbalar yoki
ortiqcha tebranishlar ta'siriga qo'ymang.
y Televizorni tashish vaqtida uni vertikal holatda
ushlang, hech qachon televizorni yon tomonga
burmang yoki chapga yoki o'ngga qiyalatmang.
y Rama shassilarining bukilishi/egilishiga olib
keluvchi ortiqcha bosim ishlatmang, chunki bu
ekranga zarar yetkazishi mumkin.
YIG'ISH VA TAYYORLASH
Stol ustiga o'rnatish
1 Televizorni ko'taring va stolning ustida vertikal
holatga keltirgan holda qo'ying.
- Yetarlicha havo aylanib turishi uchun devor
bilan televizor orasida (eng kamida) 10 sm
masofa qoldiring.
10 sm
2 Quvvat manbaiga ulash shnurini rozetkaga ulang.
EHTIYOT BO'LING
y Televizorni issiqlik manbalari yaqini yoki ustiga
joylashtirmang, chunki bu yong'in yoki boshqa
ko'ngilsiz hodisalarni keltirib chiqarishi mumkin.
Televizorni devorga mahkamlash
(Ushbu xususiyat barcha rusumlarda ham mavjud emas.)
1 Teshikli boltlar yoki devorga mahkamlanadigan
tayanch va boltlarni televizorning orqa paneliga
kiriting va tortib mahkamlang.
- Agar teshikli boltlar o'rnatiladigan joylarda
boltlar bo'lsa, ularni olib tashlang.
2 Devorga mahkamlanadigan tayanchni boltlar
yordamida devorga o'rnating.
Devorga mahkamlanadigan tayanchni va
televizorning orqa panelidagi teshikli boltlarning
joylashuv o'rinlarini moslashtiring.
3 Teshikli boltlar va devorga mahkamlanadigan tayanchlarni
mustahkam bog'lagich bilan mahkam tortib ulang.
Bog'lagich tekis sirtda gorizontal holatda bo'lishiga
ishonch hosil qiling.
13

Hide quick links:

Advertisement

Table of Contents
loading

Table of Contents