Samsung UE32N4000AU User Manual page 122

Table of Contents

Advertisement

Available languages
  • EN

Available languages

  • ENGLISH, page 36
Boshqalar
Tasvir to'liq ekranda ko'rsatilmayapti.
• HD kanallar SD (4:3) tarkibni kattartirib ko'rsatayotganida, ekranning ikkala tomonida qora qism qoladi.
• Televizoringizdan boshqacha tomonlar nisbatiga ega bo'lgan filmlarda ekranning tepasi va pastida qora
qism qoladi.
• Tashqi qurilma yoki televizordagi tasvir o'lchamini to'liq ekranga rostlang.
Masofaviy pult ishlamayapti.
• Masofaviy pult batareyalarini qutblari (+/–) to'g'ri yo'nalishda almashtiring.
• Pultdagi sensorning uzatish oynachasini tozalang.
• Pultni televizor ro'parasida, 1,5 ~ 1,8 m uzoqlikda tuting.
Kabel yoki sun'iy yo'ldosh antennasining pulti televizorni yoqib-o'chirmaydi yoki tovushini rostlamaydi.
• Kabel yoki sun'iy yo'ldosh antennasining pultini televizorni boshqaradigan qilib dasturlang. SAMSUNG TV
kodi uchun kabel yoki sun'iy yo'ldosh antennasining qo'llanmasiga qarang.
"Rejim qo'llab-quvvatlanmaydi" xabari paydo bo'ladi.
• Televizorqo'llab-quvvatlaydigan ekran ta'rifi (piksellar soni)ni tekshiring va tashqi qurilmadan kelayotgan
tasvirning ham piksellar soni shunga moslang.
Televizordan plastmassa hidi kelmoqda.
• Bu tabiiy holat va tez orada yo'qoladi.
O'zini-o'zi diagnostika qilish menyusida televizor signal ma'lumotlari ishlamaydi.
• Bu funksiya faqat Antenna / Radio chastotasi / koaksial ulanishdan keladigan raqamli kanallarda ishlaydi.
Televizor o'ng yoki chap tomonga egilgan.
• Tayanch asosini televizordan ajratib oling va qayta yig'ing.
Tayanch asosini yig'ish qiyin bo'lmoqda.
• Televizor tekis joyda o'rnatilganligiga ishonch hosil qiling. Agar televizordan vintlarni yecha olmasangiz,
magnitli buragich ishlating.
Efirga uzatilayapti menyusi rangsiz (ishlamaydi).
• Efirga uzatilayapti menyusi faqat TV manbasi tanlanganida ishlaydi.
CI+ ishlamayapti.
• Samsung televizoringiz CI+ 1.3 standartlariga muvofiq keladi.
• CI+ Common Interface moduli bu qurilmaga mos kelmasa, modulni chiqarib oling va CI+ operatoridan
yordam so'rang.
O'zbekcha - 22

Advertisement

Table of Contents
loading

Table of Contents