Samsung UE32N4000AU User Manual page 120

Table of Contents

Advertisement

Available languages
  • EN

Available languages

  • ENGLISH, page 36
Rangi yoki yorqinligi kuchsiz.
• TV menyusida Rasm parametrlarini sozlang. (bunga o'ting: Rasm rejimi / Rang / Ravshanlik / Aniqlik)
• TV menyusida Quvvatlarni tejash parametrini sozlang. (bunga o'ting: MENUm - Tizim - Eko yechim -
Quvvatlarni tejash)
• Odatiy tasvir sozlamalarini ko'rish uchun tasvirni qayta qo'ying. (bunga o'ting: MENUm - Rasm - Tasvirni
qayta o'rnatish)
Ekran chetida nuqtali chiziq bor.
• Agar tasvir o'lchami Ekranga moslik qilib qo'yilgan bo'lsa, uni 16:9 qilib o'zgartiring.
• Kabel yoki sun'iy yo'ldosh video aniqligini o'zgartiring.
Tasvir oq-qora rangda.
• Agar AV kompozit kiritishni ishlatayotgan bo'lsangiz, video (sariq) kabelini televizordagi komponent
1-kirishi portiga ulang.
Kanal almashtirishda tasvir qotib qoladi, buziladi yoki kechikadi.
• Agar kabel yoki sun'iy yo'ldosh antennasi ulangan bo'lsa, ularning sozlamalarini qayta qo'ying. Elektr
simini sug'urib, keyin ulang va kabel qurilmasi yoki sun'iy yo'ldosh qurilmasi yonishini kuting. Bunga 20
daqiqagacha vaqt ketishi mumkin.
• Kabel yoki sun'iy yo'ldosh video chiqarish aniqligini 1080i yoki 720p qilib belgilang.
Tovush sifati
• Avvalo Tovushni tekshirish o'tkazing va televizor audiosi to'g'ri ishlayotganiga amin bo'ling. (bunga o'ting:
MENUm - Qo'llab-quvvatlash - O'zini-o'zi diagnostika qilish - Tovushni tekshirish)
• Agar audio yaxshi ishlasa, tovush muammosi manba yoki signaldan bo'lishi mumkin.
Tovush chiqmayapti yoki maksimal balandlikdagi tovush juda past.
• Televizorga ulangan qurilmaning (kabel yoki sun'iy yo'ldosh antennasi, DVD, Blu-ray va hokazo) tovush
balandligini tekshiring.
Tasvir yaxshi, lekin ovozi yo'q.
• Tovush menyusida Ovoz chiqarish parametrini TV karnayi qilib belgilang.
• Agar tashqi qurilma ishlatayotgan bo'lsangiz, audio kabellari televizordagi tegishli portlarga ulanganiga
amin bo'ling.
• Agar tashqi qurilma ishlatayotgan bo'lsangiz, qurilmaning audio chiqarish parametrini tekshiring (masalan,
televizorga HDMI ulangan bo'lsa, kabel yoki sun'iy yo'ldosh antennasi audiosini HDMI qilib belgilash kerak).
• Agar DVI - HDMI kabel ishlatayotgan bo'lsangiz, alohida audio kabeli kerak.
• Ulangan qurilmaning elektr kabelini qayta ulash orqali o'chirib-yoqing.
Karnaydan noxush shovqin chiqmoqda.
• Kabel ulanishlarini tekshiring. Video kabeli audio kirishiga ulanib qolmaganiga amin bo'ling.
• Antenna yoki kabel ulanishlarida signal kuchini tekshiring. Kuchsiz signal tufayli tovush buzilishi mumkin.
O'zbekcha - 20

Advertisement

Table of Contents
loading

Table of Contents