LG G7 Fit User Manual page 678

Table of Contents

Advertisement

Available languages
  • EN

Available languages

  • ENGLISH, page 848
Ushbu foydalanuvchi yo'riqnomasi
haqida
Mazkur LG mahsulotini tanlaganingizdan minnatdormiz. Ushbu
qurilmadan birinchi marta foydalanayotgan bo'lsangiz, undan xavfsiz
va tegishli maqsadda foydalanish uchun iltimos, ushbu foydalanuvchi
yo'riqnomasini o' q ib chiqing.
Doimo LG firmasining asl aksessuarlaridan foydalaning. Taqdim qilingan
elementlar faqatgina ushbu qurilma uchun mo'ljallangan hamda
boshqa qurilmalarga mos kelmasligi mumkin.
Sensorli klaviatura mavjudligi sababli, ushbu qurilma ko'rish qobiliyati
buzilgan odamlarga mo'ljallanmagan.
Tushuntirishlar qurilma standart sozlamalariga asoslangan.
Telefonda o'rnatilgan standart ilovalar vaqti-vaqti bilan yangilanadi;
ushbu ilovalarni qo'llab-quvvatlash oldindan ogohlantirmasdan bekor
qilinishi mumkin. Agar sizda qurilmadagi standart ilovalar bilan bog'liq
savollaringiz bo'lsa, iltimos, LG Mijozlarni qo'llab quvvatlash markaziga
murojaat qiling. Foydalanuvchilar tomonidan o'rnatilgan ilovalarga oid
savollar uchun tegishli sotuvchiga murojaat qiling.
Qurilmaning operatsion tizimiga o'zgartirish kiritish yoki norasmiy
manbalardan dasturiy ta'minotlarni o'rnatish qurilmaning shikastlanishi
va ma'lumotlarning barbod bo'lishi yoki yo' q otilishiga olib kelishi
mumkin. Bunday harakatlar LG litsenziya shartnomangizning
to'xtatilishi hamda kafolatingizning bekor bo'lishiga olib keladi.
Qurilmangizdagi ayrim kontent va tasvirlar hududingiz, xizmat
provayderingiz, dasturiy ta'minotingiz yoki operatsion tizimingiz
versiyasiga qarab farqlanishi va oldindan xabardor qilinmagan holda
ularga o'zgartirish kiritilishi mumkin.
Dasturiy ta'minot, audio yozuvlar, fon tasvirlar, tasvirlar va boshqa
multimediyali materiallar uchun litsenziyalar cheklangan holda
foydalanish imkonini beradi. Agar siz ushbu materiallarni tijorat yoki
boshqa maqsadlarda chiqarsangiz va foydalansangiz, mualliflik huquqi
haqidagi qonunlarni buzgan bo'lasiz. Foydalanuvchi multimedia
materiallaridan noqonuniy foydalanish uchun javobgardir.
O'ZBEKCHA
1

Advertisement

Table of Contents
loading

This manual is also suitable for:

Lm-q850emw

Table of Contents