LG PB66** Owner's Manual page 125

Hide thumbs Also See for PB66**:
Table of Contents

Advertisement

Available languages
  • EN

Available languages

  • ENGLISH, page 16
y Masofadan boshqarish pulti va uning sensori orasida to'siqlarning yo'qligiga ishonch
hosil qiling.
y Tashqi/ichki yoritgichlar, quyosh nurlari, fluoressent yoritgichlar tufayli masofadan
boshqarish pulti siqnaliga qarshi to'siqlar hosil bo'lishi mumkin.
Agar bunday holat sodir bo'lsa, yoritgichni o'chiring yoki ko'rish sohasini
qorong'ilashtiring.
y Video o'yinlar pristavkasi kabi tashqi qurilmalarni ulaganda bog'lovchi kabellarning yet-
arli darajada uzunligiga ishonch hosil qiling. Aks holda mahsulot tushib ketishi, bu esa,
shaxsiy zarar xavfiga yoki mahsulotga zarar yetishiga olib kelishi mumkin.
y Elektr manbaiga ulash shnurini rozetkaga ulash yoki rozetkadan uzish orqali mahsulotni
yoqmang/o'chirmang. (Vilkadan yoqish va o'chirish vositasi sifatida foydalanmang).
Aks holda bu mexanik nosozlikka yoki elektr toki urishiga olib kelishi mumkin.
y Mahsulotning haddan ziyod qizib ketishining oldini olish uchun quyidagi o'rnatish bo'yicha
ko'rsatmalarga amal qiling.
- Mahsulot va devor orasidagi masofa kamida 10 sm bo'lishi kerak.
- Mahsulotni havo aylanmasi yo'q joylarga (masalan, kitob javoni yoki devoriy
shkafga) o'rnatmang.
- Mahsulotni gilam yoki divan yostig'iga o'rnatmang.
- Havo aylanish tirqishining dasturxon yoki parda bilan to'silib qolmaganligiga
ishonch hosil qiling.
Aks holda bu yong'in chiqishiga olib kelishi mumkin.
y Uzoq vaqt davomida televizor ko'rish vaqtida havo aylanish tirqishlariga tegib
ketmaslikka e'tibor bering, chunki havo aylanish tirqishlari issiq bo'lishi mumkin. Bu
mahsulotning ishlashi yoki ishlash samaradorligiga ta'sir ko'rsatmaydi.
y Qurilma shnurini vaqti-vaqti bilan tekshirib boring va agar unda nosozlik yoki eskilik alomatlari paydo bo'lsa,
uni rozetkadan uzing, qurilmadan foydalanishni to'xtating va vakolatli texnik xodim yordamida shnurni xuddi
shunday yangi shnur bilan almashtiring.
y Vilka kontaktlari yoki rozetkada chang to'planishiga yo'l qo'ymang.
Bu yong'in xavfini keltirib chiqarishi mumkin.
y Quvvat manbaiga ulash shnurini bukish, ezish, eshikka qisib qo'yish yoki ustidan yurish
kabi jismoniy yoki mexanik ta'sirlardan himoya qiling. Vilkalar, rozetkalar va qurilmaga
shnur ulangan nuqtalarga alohida e'tibor bering.
y Panelni qo'l yoki tirnoq, qalam yoki ruchka kabi o'tkir narsalar bilan qattiq bosmang yoki
uning ustini tirnamang, chunki bu ekranga zarar yetishiga olib kelishi mumkin.
XAVFSIZLIK TEXNIKASI BO'YICHA KO'RSATMALAR
7

Advertisement

Table of Contents
loading

This manual is also suitable for:

Pb69**

Table of Contents