LG LB68 series Owner's Manual page 191

Hide thumbs Also See for LB68 series:
Table of Contents

Advertisement

Available languages
  • EN

Available languages

  • ENGLISH, page 41
EHTIYOT BO'LING
y Televizorni avval elektr manbasidan uzing va keyin
siljiting yoki o'rnating. Aks holda elektr toki urishi
sodir bo'lishi mumkin.
y Agar televizorni shiftga yoki qiya devorga
o'rnatsangiz, u tushib ketishi va natijada jiddiy
zarar yetishi mumkin.
LG tavsiya qilgan devorga o'rnatish qurilmasidan
foydalaning va mahalliy diler yoki malakali
xodimlarga murojaat qiling.
y Burama mixlarni haddan tashqari qattiq qotirmang,
chunki bu televizorga zarar yetkazishi va berilgan
kafolatning bekor qilinishiga olib kelishi mumkin.
y VESA (Videoelekronikani Standartlashtirish
Uyushmasi) standartiga mos keladigan burama
mixlar va devorga o'rnatish qurilmalaridan
foydalaning. Noto'g'ri foydalanish yoki mos
bo'lmagan yordamchi qurilmalardan foydalanish
oqibatida yetkazilgan har qanday zarar va
shikast ishlab chiqaruvchining kafolati bilan
qoplanmaydi.
ESLATMA
y VESA (Videoelekronikani Standartlashtirish
Uyushmasi) standarti bo'yicha belgilangan
burama mixlardan foydalaning.
y Devorga o'rnatishda foydalaniladigan to'plam
kerakli qismlarni o'z ichiga oladi.
y Devorga mahkamlanadigan tayanch bilan LG
ta'minlamaydi. Qo'shimcha qurilmalar uchun
mahalliy dilerga murojaat qilishingiz mumkin.
y Burama mixlarning uzunligi devorga o'rnatish
qurilmasiga bog'liq ravishda farqlanishi
mumkin. Kerakli uzunlikdagi burama mixlardan
foydalaning.
y Qo'shimcha ma'lumotlar olish uchun devorga
o'rnatish qurilmasi bilan birga taqdim qilingan
qo'llanmaga qarang.
y Devorga o'rnatish kronshteynini TVga
mahkamlashda TVning vertikal burchagini
harakatlantirish uchun devorga o'rnatish
qistirmalarini TVning devorga o'rnatish
teshiklariga kiriting. (Faqat 42LB63**,
42LB65**)
Devorga
o'rnatish
qistirmalari
QUTINI OCHISH VA UNI BO'SHATISH
O'rnatilgan kameradan
foydalanish
(Faqat LB87**)
Televizorning o'rnatilgan kamerasidan
foydalangan holda siz Skype video qo'ng'iroqlarini
amalga oshirishingiz yoki harakatni tanib olish
funksiyasidan foydalanishingiz mumkin.
ESLATMA
y O'rnatilgan kameradan foydalanishdan
avval muvofiq mahalliy qonunlar va
jinoyat qonunlari tomonidan kameradan
foydalanish va noto'g'ri foydalanish uchun
yuridik majburiyat yuklanganligini tan
olishingiz kerak.
y Muvofiq qonunlar tarkibiga Shaxsiy
ma'lumotlarni himoya qilish qonuni kiradi,
bu shaxsiy ma'lumotlarning bajarilishi
va uzatilishini boshqaradi va ish joyi va
boshqa joylarda kamera bilan nazorat
qilishni boshqaradigan qonun.
y O'rnatilgan kameradan foydalanishda
shubhali, noqonuniy yoki axloqsiz
vaziyatlardan saqlaning. Jamoat joylari
yoki hodisalaridan boshqa joylarda
rasmga tushish uchun rozilik so'rash talab
qilinishi mumkin. Quyidagi vaziyatlardan
saqlanishni tavsiya qilamiz:
(1) Hojatxona, yechinadigan xona,
kiyib ko'rish xonasi va xavfsizlik xonasi
kabi odatda kameradan foydalanishi
taqiqlangan joylarda kameradan
foydalanish.
(2) Maxfiylikning buzilishiga sabab
bo'ladigan vaziyatlarda kameradan
foydalanish.
(3) Muvofiq qoidalar yoki qonunlarning
buzilishiga sabab bo'ladigan vaziyatlarda
kameradan foydalanish.
23
23

Advertisement

Table of Contents
loading

Table of Contents