LG LB68 series Owner's Manual page 178

Hide thumbs Also See for LB68 series:
Table of Contents

Advertisement

Available languages
  • EN

Available languages

  • ENGLISH, page 41
10
10
XAVFSIZLIK TEXNIKASI BO'YICHA KORSATMALAR
3D tasvirlarni ko'rish (Faqat 3D rusumlar uchun)
OGOHLANTIRUV
Ko'rish muhiti
y Ko'rish vaqti
- 3D mazmunni ko'rganda har soatda 5-15 daqiqa tanaffus qiling. 3D mazmunni uzoq vaqt
davomida ko'rish bosh og'rishi, bosh aylanishi, ortiqcha charchoq yoki ko'zlarning toliqishiga olib
kelishi mumkin.
Yorug'likka sezgirlik yoki surunkali xastalik bilan og'riganlar
y Ayrim foydalanuvchilar miltillovchi yorug'lik yoki 3D mazmundagi o'zgacha t'asirga uchraganlarida
xastalik xuruji yoki boshqa nojo'ya ta'sirga uchrashlari mumkin.
y Ko'nglingiz ayniyotgan bo'lsa, homilador bo'lsangiz va/yoki epilepsiya, yurak urishining buzilishi, qon
bosimi xastaliklari kabi surunkali xastaliklar bilan kasallangan bo'lsangiz, 3D videolarni ko'rmang.
y Stereo ko'rlik yoki stereo anomaliyadan aziyat chekuvchilarga 3D mazmun tavsiya qilinmaydi.
Tasvirlarning ikkilanishi yoki noqulayliklarni his qilishlari mumkin.
y Agar sizda g'ilaylik, ambliopiya (ko'rish qobiliyatining kuchsizligi) yoki astigmatizm mavjud bo'lsa,
sizda ranglarning darajasini sezish bo'yicha muammolar bo'lishi va tasvirlarning ikkita ko'rinishi tufayli
tez charchashingiz mumkin. O'rtacha katta yoshdagi odamga nisbatan tez-tez tanaffus qilish tavsiya
qilinadi.
y Agar sizning o'ng va chap ko'zlaringizning ko'rish qobiliyatlari har xil bo'lsa, 3D mazmunni ko'rishdan
avval ko'rish qobiliyatingizni tekshirtiriing.
3D mazmunni ko'rishni to'xtatishni yoki bunday kontentlarni ko'rmaslikni talab qiluvchi alomatlar
y Uyqusizlik, ko'p ishlash yoki spirtli ichimlik iste'mol qilish tufayli charchoqni his qilgan vaqtlaringizda 3D
mazmunni ko'rmang.
y Bunday belgilar paydo bo'lgan vaqtlarda 3D mazmunni ko'rishni to'xtating va ushbu belgilar yetarlicha
kamayguncha dam oling.
- Bunday belgilar to'xtovsiz ravishda paydo bo'lgan hollarda shifokor bilan maslahatlashing. Bun-
day belgilarga bosh og'rig'i, ko'z soqqasining og'rishi, bosh aylanishi, ko'ngil aynishi, yurakning
tez urishi, tasvirning chaplanishi, noqulaylikni his qilish, tasvirlarning ikkita ko'rinishi, ko'rishning
noqulayligi yoki charchoq kabilar kiradi.

Advertisement

Table of Contents
loading

Table of Contents