LG LB68 series Owner's Manual page 172

Hide thumbs Also See for LB68 series:
Table of Contents

Advertisement

Available languages
  • EN

Available languages

  • ENGLISH, page 41
4 4
XAVFSIZLIK TEXNIKASI BO'YICHA KORSATMALAR
XAVFSIZLIK TEXNIKASI BO'YICHA KORSATMALAR
Iltimos, mahsulotdan foydalanishdan avval ushbu xavfsizlik ehtiyot choralarini diqqat bilan o'qib chiqing.
diqqat
y Televizor va/yoki masofadan boshqarish pultini quyidagi joylamuhitlarda
qoldirmang:
- To'g'ridan-to'g'ri quyosh nurlari tushadigan joyda
- Namlik yuqori bo'lgan joylar, masalan, hammomda
- Issiqlik manbalari, masalan, pechlar va boshqa issiqlik hosil qiluvchi
qurilmalar yaqinida
- Oshxona pechtaxtalari yoki namlantirgichlar yaqiniga, bu yerda ular
osongina bug' yoki moy ta'sirida qolishlari mumkin
- Yomg'ir yoki shamol mavjud joylarda
- Vaza singari suv idishlari yaqinida
Aks holda bu yong'in, elektr toki urishi, texnik nosozlik yoki mahsulot defor-
matsiyasiga olib kelishi mumkin.
y Mahsulotni changlar ta'siriga uchrashi mumkin bo'lgan joylarga qo'ymang.
Bu yong'in xavfini keltirib chiqarishi mumkin
y Elektr tarmog'iga ulash shnuri vilkasi bu televizorni o'zgaruvchan tok
tarmog'iga ulovchi/tarmog'idan uzuvchi qurilmadir. Televizor foydalanishda
bo'lgan vaqtda ushbu vilka mustahkam ulangan va ishlaydigan
bo'lishi kerak.
y Elektr manbaiga ulash vilkasiga nam qo'llaringiz bilan tegmang.
Bundan tashqari, agar kabel kontaktlari ho'l yoki chang bilan qo-
plangan bo'lsa, vilkani to'liq quriting yoki changlarni artib tashlang.
Ortiqcha namlik tufayli sizni elektr toki urishi mumkin.
y Elektr tarmog'iga ulash kabelining yerga mahkamlangan mos rozetkaga
ulanganligiga ishonch hosil qiling. (Yerga mahkamlash talb qilinmaydigan
qurilmalardan tashqari.) Aks holda sizni elektr toki urishi yoki shikastlan-
ishingiz xavfi mavjud bo'ladi.
y Elektr tarmog'iga ulash kabeli vilkasini devordagi rozetkaga to'liq kiriting,
aks holda rozetkaga mustahkam biriktirilmagan hollarda yong'in uchqunlari
chiqishi mumkin.
y Quvvat manbaiga ulash shnurining isitgich kabi issiq buyumlarga tegib
turmaganligiga ishonch hosil qiling.
Bu yong'in yoki elektr toki urishi xavfinikeltirib chiqarishi mumkin.
y Elektr manbaiga ulash kabellarining ustiga og'ir jismlarni yoki mahsulotning
o'zini qo'ymang.
Aks holda bu yong'in yoki elektr toki urishiga olib kelishi mumkin.
holatda

Advertisement

Table of Contents
loading

Table of Contents