Uzb Foydalanish Bo'yicha Yo'riqnoma - HOME ELEMENT HE-CL1005 User Manual

Hair clipper set
Table of Contents

Advertisement

UZB FOYDALANISH BO'YICHA YO'RIQNOMA

EHTIYOTKORLIK CHORALARI
Jihozdan foydalanishdan avval ushbu yo„riqnomani diqqat bilan o„qib chiqing va keyinchalik ma„lumotlar olish uchun saqlab qo„ying.
 Faqat maishiy maqsadlarda foydalaning. Jihoz sanoat maqsadlarida foydalanish uchun mo„ljallanmagan.
 Xonadan tashqarida foydalanmang.
 Ishlayotgan jihozni qarovsiz qoldirmang.
 Jihozni o„zingizcha ta„mirlashga urinmang. Nosozliklar yuzaga kelgan hollarda yaningizdagi xizmat ko„rsatish markaziga murojaat qiling.
 Tavsiya qilinmagan qo„shimcha asboblardan foydalanish xavfli bo„lishi va jihozning shikastlanishiga olib kelishi mumkin.
 Doimo tozalashdan avval va undan foydalanmaydigan bo„lsangiz, jihozni elektr tarmog„idan uzib qo„ying.
 Jihoz jismoniy va ruhiy cheklanishlarga ega bo„lgan (jumladan bolalar), ushbu jihoz bilan ishlash tajribasiga ega bo„lmagan kishilar tomonidan foydalanish uchun mo„ljallanmagan. Bunday holatlarda
foydalanuvchiga uning xavfsizligi uchun javobgar shaxs tomonidan avvaldan ko„rsatmalar berilishi kerak.
 Mashinka korpusidagi tirqishlarga begona buyumlar va suv tomchilarining tushishiga yo'l qo'ymang.
 Mashinkadan foydalanishdan avval uning tig'lari o'rtasidagi mutanosiblikni tekshiring.
 Yoqilgan mashinkani biror-bir sirt ustiga qo'ymang.
 Eshkakchasi yoki tishchalaridan biri shikastlanganda mashinkadan foydalanmang. Aks holda bu sochi olinayotgan shaxsning shikastlanishiga olib kelishi mumkin.
DIQQAT: TIG'LARNI MUNTAZAM RAVISHDA YOG'LAB TURING!
TIG'LARNI YOG'LASH
 Tig'larni o'rnatishni jihozni tozalagandan yoki ishdan chiqqan qismlarni almashtirgandan keyin amalga oshirish lozim.
 Tig'larning yuqori va quyi tishchalari o'rnatganda o'zaro aniq mos tushishlari kerak.
 Yuqori tig' tishchalarining uchlari rasmda ko'rsatilgani kabi quyi tig' tishchalarining uchlaridan taxminan 1,2 mm surilgan bo'lishlari kerak.
 Agar tig'lar noto'g'ri o'rnatilgan bo'lsa, ularni bir necha tomchi moy bilan yog'lang, mashinkani bir necha soniya yoqing, keyin uni o'chiring va elektr ta'minot shnuri vilkasini rozetkadan uzing. Vintlarni biroz
bo'shating va tig'larni bir-birlariga nisbatan qaytadan o'rnating. Tig'larni o'rnatgandan keyin vintlarni qotiring
TEXNIK XIZMAT KO'RSATISH
 Mashinkaning ishonchli ishlashini ta„minlash uchun uning tig„ini muntazam ravishda yog„lab turish lozim.
 Yog„lash uchun sochlar uchun moy, kerosin yoki boshqa erituvchilar bilan aralashtirilgan moy va yog„lardan foydalanish tavsiya qilinmaydi. Erituvchining bug„lanishi yog„ning qurishi va tig„larning
harakatlanishining qiyinlashishiga olib kelishi mumkin.
ISHGA TAYYORLASH
 Soch olishni boshlashdan avval mashinkani tekshiring, tig„larning tishchalariorasiga yog„larning yo„qligiga ishonch hosil qiling. Mashinkani yoqing va tig'larning yurishini ko'ring, ular hech qanday to'siqlarsiz
harakatlanishlari kerak. Ushbu operatsiyani mashinkadan foydalanib bo'lgandan keyin ham qo'llang. Mashinkadan foydalanish vaqtida elektr shnurining juda chalkashib ketishiga yo'l qo'ymang.
 Sochi olinayotgan shaxsni stulga shunday o'tqazinki, uning boshi ko'zlaringiz darajasida bo'lsin. Bu eng yaxshi ko'rishga yordam beradi va soch olish jarayonini nazorat qilishga imkon beradi.
 Barcha soch tugunlarini olib tashlash uchun sochlarni yaxshilab tarang.
 Olinayotgan sochlarning uning ichiga tushmasligi uchun sochi olinayotgan shaxs bo'ynini sochiq bilan o'rang.
26

Advertisement

Table of Contents
loading

This manual is also suitable for:

He-cl1006He-cl1007He-cl1008

Table of Contents