LG OLED65G1RLA Owner's Manual page 77

Table of Contents

Advertisement

Available languages

Available languages

 OLED TV ekranini himoya qilish
uchun ehtiyot choralari
Oddiy LED/LCDlardan farqli ravishda OLED televizorlari har bir piksel uchun yorugʻlik taratadigan
tasvirni hosil qilib, mukammal qora rangga erishadi va xiralashmasdan toza tasvirlarni yetkazib beradi.
Yuqori aniqlikdagi tasvir sifatiga erishish uchun ishlatilgan organik materiallarning xususiyati tufayli,
OLED displeylari, odatda ekranda tasvir saqlanishi kuzatiladi, ushbu hodisa doimiy bo'lishi mumkin.
Ushbu hodisa barcha OLED panellarida kuzatiladi va shunga qaramay, tavsiya etilgan rasm rejimlari
tasvir saqlanishini minimallashtirishi mumkin, hozirgi texnologiya buning butunlay oldini ololmaydi.
Uzoq vaqt bir xil tasvirning koʻrsatilishi yoki bir xil tasvirni takroran koʻrsatish ekranda tasvir
saqlanishiga sabab boʻlishi mumkin, bu mahsulotning o'ziga xos xususiyati sababli OLED panel
mahsulotlarida odatiy hodisa hisoblanadi. Ushbu mahsulotda ekranni himoya qilish funksiyasi mavjud.
Tasvir saqlanishiga sabab boʻladigan tasvirlar koʻrsatilishining oldini oling va tavsiyalarga amal qiling.
Tasvir saqlanishiga sabab boʻladigan tasvirlar
• Ekranning yuqori va past va/yoki chap va oʻng tomonida qora hududlari bor tasvirlar.
• Tomonlari nisbati 4:3 yoki 21:9 boʻlgan tasvirlar.
• Uzoq vaqt oʻzgarmay turgan tasvirlar, masalan telekanal raqami va logotipi, oʻyin konsoli belgisi, pristavka menyusi va
hk.
• Boshqa oʻzgarmas ekran tasvirlari yoki takroran koʻrsatilgan tasvirlar.
OLED televizori ekranini himoya qilish uchun [Piksellarni tozalash]ʼni
ishga tushirish
Ekran holatini tekshirishi va tasvir saqlanishining oldini olish uchun OLED televizori Piksellarni tozalash funksiyasi bilan
jihozlangan. Bu funksiya jami toʻrt soat ishlatilganidan (har kuni) keyin yoki jami 2000 soat ishlatilganidan (har yili) keyin
televizor oʻchirilganda avtomatik ishga tushadi.
Bu funksiya ishlayotganida, ekranning yuqori va pastida gorizontal chiziqlar paydo boʻlishi mumkin.
Piksellarni tozalash funksiyasi taxminan 1 soat ishlaydi va jihozga quvvat kabeli va asosiy quvvat ulanishini talab qiladi.
• Ushbu funksiyani qoʻlda ishga tushirish uchun masofadan boshqarish pultidagi
[OLED ekran lavhasi]ʼga oʻting va [Piksellarni tozalash]ʼni bosing.
tugmani bosing,
→ [Yordam] →
25

Advertisement

Table of Contents
loading

This manual is also suitable for:

Oled65g1 seriesOled77g1 seriesOled55g1 series

Table of Contents