LG OLED65G1RLA Owner's Manual page 56

Table of Contents

Advertisement

Available languages

Available languages

• Qurilmani Asosiy quvvat manbaidan uzish
- Elektr shnur vilkasi qurilmani uzish vositasi
hisoblanadi. Favqulodda vaziyatlarda elektr shnur
vilkasiga to'siqlarsiz yetish mumkin bo'lishi lozim.
• Farzandlaringizni televizorga osilib yoki tirmashib
chiqishlariga yo'l qo'ymang. Aks holda, televizor
ag'darilishi va jiddiy jarohat yetkazishi mumkin.
• Tashqaridagi antennani yerga ulash (Mamlakatga
qarab farq qilishi mumkin):
- Tashqaridagi antenna o'rnatilgan bo'lsa, quyidagi
ehtiyot choralariga rioya qiling. Tashqaridagi
antenna tizimi elektr simlari yoki elektr chiroqlari
yoki elektr tarmoqlariga yaqin, shuningdek,
ular bunday elektr simlari yoki elektr tarmoqlari
bilan tutashishi mumkin bo'lgan joylarga
joylashtirilmasligi lozim, chunki bunday holatlar
o'lim yoki jiddiy shikast yetishiga sabab bo'lishi
mumkin.
• Yerga ulash (Yerga ulanmaydigan qurilmalar
bundan istisno.)
- Uchta tishli o'zgaruvchan tok shtekeri bilan yerga
ulangan TV o'zgaruvchan tokning uchta teshikli
yerga ulash rozetkasiga ulanishi lozim. Tok
urishining oldini olish uchun yerga ulash kabeli
to'g'ri ulanganligiga ishonch hosil qiling.
• Chaqmoq va momaqaldiroq vaqtida bu apparat yoki
antennaga tegmang. Sizni elektr toki urishi mumkin.
• Elektr kabel TV va devordagi rozetkaga xavfsiz
tarzda ulanganligiga ishonch hosil qiling, agar
xavfsizlik ta'minlanmagan bo'lsa, teshik va vilkaga
zarar yetishi va ekstremal holatlarda yong'in yuzaga
kelishi mumkin.
• Metall yoki tez yonuvchan obyektlarni mahsulot
ichiga tiqmang. Agar mahsulot ichiga yod jism tushib
ketsa, elektr shnurini chiqarib oling va mijozlarga
xizmat ko'rsatish markazi bilan bog'laning.
• Elektr shnurining bir uchi quvvat manbaiga ulangan
vaqtda uning boshqa uchiga tegmang. Sizni elektr
toki urishi mumkin.
4
• Quyidagilardan birortasi yuzaga kelsa,
mahsulotni quvvat manbaidan darhol uzing va
mahalliy mijozlarga xizmat ko'rsatish markazi
bilan bog'laning.
- Mahsulotga zarar yetganda.
- Agar mahsulot (tarmoq adapteri, elektr shnuri yoki
TV kabi) ichiga suv yoki boshqa mayda zarra kirib
ketsa.
- Agar TVdan tutun hidini yoki boshqa noxush hidlar
chiqayotganini sezsangiz
- Chaqmoq va momaqaldiroq vaqtida yoki uzoq
muddat davomida ishlatilmaganda.
TV pult yoki tugma orqali o'chirilgann bo'lsa ham,
agar elektr shnur uzilmasa, o'zgaruvchan quvvat
manbai blokka ulangan bo'ladi.
• TV yonida yuqori kuchlanishda ishlaydigan elektr
jihozlardan (masalan, elektron pashsha haydagich)
foydalanmang. Bu mahsulotning noto'g'ri ishlashiga
olib kelishi mumkin.
• LG Electronics kompaniyasining yozma ruxsatisiz
bu mahsulotni har qanday usul bilan o'zgartirishga
urinmang. Yong'in chiqishi yoki toki urishi mumkin.
Yordam yoki ta'mirlash uchun mahalliy mijozlarga
xizmat ko'rsatish markazi bilan bog'laning. Ruxsat
berilmagan o'zgartirishlar foydalanuvchini ushbu
mahsulotdan foydalanish huquqidan mahrum bo'lishi
mumkin.
• Faqat LG Electronics tomonidan tasdiqlangan ruxsat
berilgan biriktirmalar / aksessuarlardan foydalaning.
Aks holda bu yong'in, elektr toki urishi, noto'g'ri
ishlash yoki mahsulotga zarar yetishiga olib kelishi
mumkin.
• O'zgaruvchan tok adapteri va elektr shnurini hech
qachon qismlarga ajratmang. Bu yong'in yoki elektr
toki urishiga olib kelishi mumkin.
• Adapter tushib ketmasligi uchun uni mahkam va
ehtiyotkorlik bilan ushlang. Zarba tegishi adapterni
buzishi mumkin.
• Yong'in yoki elektr toki urishining oldini olish uchun
TVni nam qo'lingiz bilan ushlamang. Agar elektr
shnur tilchasi nam yoki chang bilan qoplangan
bo'lsa, vilkani to'liq quriting yoki changlarni artib
tashlang.

Advertisement

Table of Contents
loading

This manual is also suitable for:

Oled65g1 seriesOled77g1 seriesOled55g1 series

Table of Contents