LG LM-X410NOW User Manual page 530

Hide thumbs Also See for LM-X410NOW:
Table of Contents

Advertisement

Available languages
  • EN

Available languages

  • ENGLISH, page 658
Ushbu qurilma quloqqa yaqin normal holatida yoki tanadan kamida 5 mm
masofada joylashganda nurlanish standartlariga javob beradi. Telefonni g'ilofda
yoki kamar ushlagichida ushlab turganda, ular tarkibida metal qismlar yo' q ligiga
ishonch hosil qiling va tanadan kamida 5 mm masofada joylashtiring. Ma'lumotlar
fayllari yoki xabarlarni uzatish uchun bu mahsulot tarmoqqa sifatli ulanishni talab
qiladi. Ayrim hollarda ma'lumotlar fayllari yoki xabarlarni uzatish bunday ulanish
mavjud bo'lgunicha kechikishi mumkin. Uzatish nihoyasiga yetgunicha yuqoridagi
ajratish masofasi bo'yicha ko'rsatmalarga amal qilinishini ta'minlang.
Texnik xizmat ko'rsatish
Faqat LG tomonidan ruxsat berilgan quti ichidagi aksessuarlardan foydalaning.
LG kompaniyasi boshqa ishlab chiqaruvchilarning aksessuarlaridan foydalanish
natijasida yetkazilgan har qanday zarar yoki xatolik uchun kafolat bermaydi.
Qurilmangizdagi ayrim kontent va tasvirlar oldindan xabardor qilinmasdan
o'zgartirilishi mumkin.
Bu qurilmani qismlarga ajratmang. Qurilmani ta'mirlash talab qilingan hollarda uni
vakolatli xizmat ko'rsatuvchi texnikka olib boring.
LG kafolatli ta'mirlash almashtirilgan qismlarga mos keladigan funktsiyalarga
ega yangi yoki ta'mirlangan qismlarni va platalarni almashtirishni o'z ichiga olishi
mumkin.
TV, radio va shaxsiy kompyuter kabi elektrik qurilmalardan uzoqroq saqlang.
Qurilma radiatorlar yoki pishirish pechlari kabi issiqlik manbalaridan uzoqroq
saqlanishi kerak.
Yerga tashlanmasin.
Qurilmani mexanik tebranish yoki zarba ta' s iri ostiga qo'ymang.
Qurilmani maxsus cheklovlar qo'llaniladigan joylarda o' c hiring. Masalan,
shifoxonalarda qurilmani ishlatmang, chunki u o'ta sezgir tibbiy qurilmalarga ta' s ir
qilishi mumkin.
Qurilma zaryadlanayotgan vaqtda uni nam qo'llaringiz bilan ushlamang. Bu elektr
toki urishiga olib kelishi va qurilmangizni jiddiy shikastlashi mumkin.
Telefon apparatni yonuvchan materiallar yaqinida zaryadlamang, chunki qurilma
qizib ketishi va yong'inga sabab bo'lishi mumkin.
Xavfsiz va samarali foydalanish uchun yo'riqnomalar
6

Advertisement

Table of Contents
loading

Table of Contents