LG LM-G710EMW User Manual page 960

Hide thumbs Also See for LM-G710EMW:
Table of Contents

Advertisement

Available languages
  • EN

Available languages

  • ENGLISH, page 966
Boshqa holatlar
- Xorijda roumingdan foydalanilganida
- Qurilmadan signal kuchsiz bo'lgan yoki signalni qabul qilib
bo'lmaydigan joylarda foydalanilganida
- Qurilmani shikastlangan yoki begona modda bilan zararlangan
zaryadlash qurilmasi/USB kabeli porti bilan zaryadlaganda
Xususiyatlar va ilovalarga bog'liq ravishda yuqoridagi holatlardan
ayrimlari qo'llanilmasligi mumkin.
Zaryadlash vaqtida qurilma qiziydi.
Zaryadlash vaqtida qurilma va zaryadlash qurilmasi issiq bo'lishi
mumkin. Simsiz zaryadlash yoki tezkor zaryadlash vaqtida qurilma
yanada issiqroq bo'lishi mumkin. Agar batareyka harorati ma'lum
darajadan yuqoriga ko'tarilsa, qurilma zaryadlashdan to'xtashi mumkin.
- Zaryadlash qurilmasini qurilmadan uzing va ishlayotgan ilovalarni
to'xtating. Qurilmani zaryadlash yoki ilovalarni qaytadan ishga
tushirishdan avval qurilmani sovuting.
- Agar zaryadlash qurilmasi/qurilmaning quyi qismidagi USB kabeli
porti qizib ketsa, zaryadlashni to'xtating va yaqin-atrofdagi LG
Mijozlarga xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling.
Qurilmaning qizib ketishi muammosini qanday hal qilish mumkin
Har qanday ishlayotgan ilovalar yoki xususiyatlarni yoping va qurilmani
sovuting.
Dasturiy ta'minotni muntazam ravishda so'nggi versiyasiga yangilab boring.
Ulardan foydalanilmayotgan vaqtda Wi-Fi, Bluetooth yoki GPS
funksiyalarini o' c hirib qo'ying.
Foydalanmayotgan ilovalarni yoping.
Agar qurilmadan maksimal ekran yorqinligida foydalanayotgan
bo'lsangiz, yorqinlikni pasaytiring.
Agar qurilma uzoq vaqt davomida qizisa, undan ma'lum vaqt
foydalanishni to'xtating. Agar qurilma qizishni davom ettirsa, LG
Mijozlarga xizmat ko'rsatish markaziga tashrif buyuring.
Ilova
189

Advertisement

Table of Contents
loading

Table of Contents