Samsung SM-R350 Safety Information Manual page 583

Hide thumbs Also See for SM-R350:
Table of Contents

Advertisement

Takroriy harakatlar natijasida yuzaga keluvchi shikastlanishlar
ehtimolini kamaytiring
Tugmalarni bosish, belgilar chizish, sensorli ekranga barmog'ingizni
tekkizish yoki o'yinlar o'ynash kabi harakatlarni takroriy ravishda
amalga oshirish oqibatida qo'lingizda, bo'yin va yelkalaringizda yoki
tanangizning boshqa qismlarida noqulayliklarni his qilishingiz mumkin.
Qurilmangizni uzoq muddat davomida ishlatganingizda, uni erkin
holatda ushlang, tugmalarni ohista bosing va tez-tez tanaffus qilib turing.
Bunday foydalanish mobaynida yoki undan keyin ham noqulayliklarni
his qilsangiz, qurilmadan foydalanishni to'xtating va shifokor bilan
maslahatlashing.
Yurib yoki yugurib ketayotganingizda qurilmadan ehtiyotkorlik
bilan foydalaning
O'zingizga va boshqalarga shikast yetkazmaslik uchun har doim
atrofdagi voqea va insonlarga diqqatli bo'ling.
Qurilmangizni orqa cho'ntaklaringizda yoki belingiz atrofida olib
yurmang
Chunki yiqilsangiz, Sizga va qurilmaga zarar yetishi mumkin.
Qurilmangizni bo'yamang yoki uning ustiga stikkerlar
yopishtirmang
• Bo'yoq yoki stikkerlar qurilmangizning olinadigan qismlarini yopishib
qolishiga va ular funksiyasining buzilishiga olib kelishi mumkin.
• Agar Sizda qurilma bo'yog'i yoki uning metal qismlariga allergiyangiz
bo'lsa, teringiz qichishi, shishishi yoki teringizga toshmalar toshishi
mumkin. Bunday hodisa sodir bo'lganda, qurilmadan foydalanishni
to'xtating va shifokor bilan maslahatlashing.
Qurilma yorilgan yoki singan bo'lsa, undan foydalanmang
Singan shisha yoki akril qo'lingizga yoki yuzingizga shikast yetkazishi
mumkin. Qurilmani ta'mirlash uchun Samsung Xizmat ko'rsatish
Markaziga olib boring.
O'zbek
582

Hide quick links:

Advertisement

Table of Contents
loading

Table of Contents