Samsung SM-R350 Safety Information Manual page 580

Hide thumbs Also See for SM-R350:
Table of Contents

Advertisement

• Samolyotda elektron qurilmalardan foydalanish samolyotning
elektron navigatsiyalash asboblari faoliyatiga halaqit berishi mumkin.
Samolyot havoga ko'tarilayotgan va qo'nayotgan vaqtda qurilmangiz
o'chirilganligiga ishonch hosil qiling. Agar samolyot ekipaji ruxsat
bersa, havoga ko'tarilgandan so'ng qurilmangizdan foydalanishingiz
mumkin.
• Qurilmangiz chiqarayotgan radio to'lqinlar sababli avtomobilingizdagi
elektron qurilmalar to'g'ri ishlamasligi. Qo'shimcha ma'lumot olish
uchun ishlab chiqaruvchi bilan bog'laning.
Qurilmani qalin tutun mavjud bo'lgan joylarga yaqinlashtirmang
Bunday qilish qurilmaning tashqi korpusiga yoki uning ishlashiga zarar
yetkazishi mumkin.
Qurilmangizni ovoz tizimlari yoki radio antennalari kabi radio
chastotalar ta'sir qilishi mumkin bo'lgan qurilma yoki uskunalar
yaqinida ishlatmang
Radio chastotalari qurilmangizning ishlashiga salbiy ta'sir qilishi mumkin.
Portlash ehtimoli yuqori bo'lgan joylarda qurilmani o'chiring
• Portlash ehtimoli yuqori bo'lgan joylarda batareyani olib
tashlamasdan, qurilmangizni o'chiring.
• Portlash ehtimoli yuqori bo'lgan joylarda har doim o'zini tutish
qoidalari, normativ hujjatlar va belgilarga amal qiling.
• Yoqilg'i quyish shaxobchalarida, yoqilg'i yoki kimyoviy moddalar
yaqinida yoki portlash qamrab oladigan hududlarda qurilmangizdan
foydalanmang.
• Tez yonuvchan suyuqliklarni, gazlarni yoki portlovchi materiallarni
qurilma, uning qismlari yoki aksessuarlari bilan bir bo'linmada
saqlamang yoki olib yurmang.
Agar qurilmangiz yoki batareyadan yoqimsiz hid yoki ovoz
chiqayotganini, ulardan suyuqlik yoki tutun chiqayotganini
sezsangiz, darhol qurilmadan foydalanishni to'xtating va uni
Samsung xizmat ko'rsatish markaziga olib boring
Buni bajarmaslik yong'in yoki portlash kelib chiqishiga sabab bo'lishi
mumkin.
O'zbek
579

Hide quick links:

Advertisement

Table of Contents
loading

Table of Contents