LG 32LM63 Owner's Manual page 34

Hide thumbs Also See for 32LM63:
Table of Contents

Advertisement

Available languages

Available languages

Ogohlantirish! Xavfsizlik
texnikasi ko'rsatmalari
DIQQAT
OCHILMASIN, ELEKTR TOKI
ZARBASI XAVFI BOR
DIQQAT : ELEKTR ZARBASINING OLDINI OLISH UCHUN QOPQOQNI
(YOKI ORQA QISMINI) OCHMANG. ICHIDA FOYDALANUVCHI
TA'MIRLAY OLADIGAN QISMLAR YO'Q. MALAKALI MUTAXASSISGA
MUROJAAT QILING.
Ushbu belgi mahsulot ichida odamlarni elektr zarbasi
urishi mumkin bo'lgan "xavfli kuchlanishga" ega
izolyatsiyalanmagan qism borligini bildiradi.
Ushbu belgi moslama bilan birga kelgan qo'llanma ichida
muhim qo'llash va ta'mirlash (xizmat ko'rsatish)
ko'rsatmalar borligi haqida foydalanuvchini ogohlantiradi.
OGOHLANTIRISH: YONG'IN YOKI ELEKTR ZARBASINING OLDINI
OLISH UCHUN MAHSULOTNI YOMG'IR OSTIDA YOKI NAM JOYGA
O'RNATMANG.
•  YONG'IN TARQALISHINING OLDINI OLISH UCHUN SHAM YOKI
BOSHQA OCHIQ OLOVGA EGA NARSALARNI DOIMO MAHSULOTDAN
UZOQDA TUTING.
•  Televizor va/yoki masofadan boshqarish pultini quyidagi
joylarda qoldirmang:
- Mahsulotni to'g'ridan-to'g'ri quyosh nurlarining ta'siridan
saqlang.
- Namlik yuqori bo'lgan joylar, masalan, hammomda
- Issiqlik manbalari, masalan, pechlar va boshqa issiqlik hosil
qiluvchi qurilmalar yaqinida.
- Oshxona peshtaxtalari yoki namlantirgichlar yaqinida; bu yerda
ular osongina bug' yoki moy ta'sirida qolishlari mumkin.
- Yomg'ir yoki shamol mavjud joylarda.
- Mahsulotni suv tomchilashi yoki sachrashi ta'siriga qo'ymang
va vaza, kosa kabi suv to'ldirilgan buyumlarni mahsulot ustiga
yoki uning yuqorisida (masalan, qurilma ustidagi tokchalarga)
qo'ymang.
- Benzin yoki shamchiroq kabi tez alanga oladigan narsalar
yoniga, yoki TVga havo konditsioneri to'g'ridan-to'g'ri uradigan
qilib o'rnatish.
- O'ta chang joylarga o'rnatmang.
Aks holda bu yong'in, elektr toki urishi, yong'in/portlash, noto'g'ri
ishlash yoki mahsulot deformatsiyasiga olib kelishi mumkin.
2
•  Havo aylanish tizimi
- TVni yaxshi havo aylanish tizimi mavjud bo'lgan joyga o'rnating.
Kitoblar javoni kabi yopiq joyga o'rnatmang.
- Mahsulotni gilam yoki divan yostig'iga o'rnatmang.
- Mahsulot elektr manbaiga ulangan vaqtda uni sochiq yoki
boshqa materiallar bilan to'smang yoki yopmang.
•  Havo aylanish tizimi darchalariga tegmayotganiga ishonch hosil
qiling. TVni uzoq vaqt davomida tomosha qilganda, uning havo
aylanish darchalari qizib ketishi mumkin.
•  Quvvat manbaiga ulash shnurini bukish, ezish, eshikka qisib
qo'yish yoki ustidan yurish kabi jismoniy yoki mexanik ta'sirlardan
himoya qiling. Vilkalar, rozetkalar va shnur qurilmadan chiqadigan
joylarga alohida e'tibor bering.
•  Elektr shnuri quvvat manbaiga ulangan vaqtda TVni qimirlatmang.
•  Shikastlangan yoki amallab yetadigan elektr shnuridan
foydalanmang.
•  Elektr shnurini quvvat manbaidan chiqarib olayotganda vilkani
mahkam ushlaganingizga ishonch hosil qiling. TVni quvvat
manbaidan uzish uchun elektr shnuridan tortmang.
•  Tarmoq rozetkasiga juda ko'p qurilmalarni ulamang, chunki bu
uning yonishiga yoki tok urishiga sabab bo'lishi mumkin.
•  Qurilmani Asosiy quvvat manbaidan uzish
- Elektr shnur vilkasi qurilmani uzish vositasi hisoblanadi.
Favqulodda vaziyatlarda elektr shnur vilkasiga to'siqlarsiz yetish
mumkin bo'lishi lozim.
•  Farzandlaringizni televizorga osilib yoki tirmashib chiqishlariga
yo'l qo'ymang. Aks holda, televizor ag'darilishi va jiddiy jarohat
yetkazishi mumkin.
•  Tashqaridagi antennani yerga ulash (Mamlakatga qarab farq
qilishi mumkin):
- Tashqaridagi antenna o'rnatilgan bo'lsa, quyidagi ehtiyot
choralariga rioya qiling. Tashqaridagi antenna tizimi elektr
simlari yoki elektr chiroqlari yoki elektr tarmoqlariga yaqin,
shuningdek, ular bunday elektr simlari yoki elektr tarmoqlari
bilan tutashishi mumkin bo'lgan joylarga joylashtirilmasligi
lozim, chunki bunday holatlar o'lim yoki jiddiy shikast yetishiga
sabab bo'lishi mumkin.
Kuchlanishning keskin oshishi va statik zaryad ortishining oldini
olish uchun antenna tizimi yerga tutashtirilganligiga ishonch
hosil qiling.
AQSh Elektr jihozlaridan foydalanish Milliy kodeksining
810-bo'limi antenna machtasi va tayanch konstruksiyasining
yerga ulanishi, o'tkazgichning antenna razryad blokiga ulanishi,
yerga ulanish o'tkazgichlari o'lchami, antenna razrayd bloki
joylashuvi, yerga ulaydigan elektrodlar ulanishi va yerga
ulaydigan elektrodlarga qo'yilgan talablar to'g'riligi bo'yicha
ma'lumotlarni taqdim etadi.
Elektr jihozlardan foydalanish Milliy kodeks bo'yicha antennani
yerga ulash, ANSI/NFPA 70

Hide quick links:

Advertisement

Table of Contents
loading

This manual is also suitable for:

43lm6343lm6532lm5643lm5632lm5743lm57

Table of Contents