LG 32LM63 Owner's Manual page 35

Hide thumbs Also See for 32LM63:
Table of Contents

Advertisement

Available languages

Available languages

•  Yerga ulash (Yerga ulanmaydigan qurilmalar bundan istisno.)
- Uchta tishli o'zgaruvchan tok shtekeri bilan yerga ulangan TV
o'zgaruvchan tokning uchta teshikli yerga ulash rozetkasiga
ulanishi lozim. Tok urishining oldini olish uchun yerga ulash
kabeli to'g'ri ulanganligiga ishonch hosil qiling.
•  Chaqmoq va momaqaldiroq vaqtida bu apparat yoki antennaga
tegmang. Sizni elektr toki urishi mumkin.
•  Elektr kabel TV va devordagi rozetkaga xavfsiz tarzda ulanganligiga
ishonch hosil qiling, agar xavfsizlik ta'minlanmagan bo'lsa, teshik
va vilkaga zarar yetishi va ekstremal holatlarda yong'in yuzaga
kelishi mumkin.
•  Metall yoki tez yonuvchan obyektlarni mahsulot ichiga tiqmang.
Agar mahsulot ichiga yod jism tushib ketsa, elektr shnurini chiqarib
oling va mijozlarga xizmat ko'rsatish markazi bilan bog'laning.
•  Elektr shnurining bir uchi quvvat manbaiga ulangan vaqtda uning
boshqa uchiga tegmang. Sizni elektr toki urishi mumkin.
•  Quyidagilardan birortasi yuzaga kelsa, mahsulotni quvvat
manbaidan darhol uzing va mahalliy mijozlarga xizmat
ko'rsatish markazi bilan bog'laning.
- Mahsulotga zarar yetganda.
- Agar mahsulot (tarmoq adapteri, elektr shnuri yoki TV kabi)
ichiga suv yoki boshqa mayda zarra kirib ketsa.
- Agar TVdan tutun hidini yoki boshqa noxush hidlar
chiqayotganini sezsangiz
- Chaqmoq va momaqaldiroq vaqtida yoki uzoq muddat davomida
ishlatilmaganda.
TV pult yoki tugma orqali o'chirilgann bo'lsa ham, agar elektr shnur
uzilmasa, o'zgaruvchan quvvat manbai blokka ulangan bo'ladi.
•  TV yonida yuqori kuchlanishda ishlaydigan elektr jihozlardan
(masalan, elektron pashsha haydagich) foydalanmang. Bu
mahsulotning noto'g'ri ishlashiga olib kelishi mumkin.
•  LG Electronics kompaniyasining yozma ruxsatisiz bu mahsulotni
har qanday usul bilan o'zgartirishga urinmang. Yong'in chiqishi
yoki toki urishi mumkin. Yordam yoki ta'mirlash uchun mahalliy
mijozlarga xizmat ko'rsatish markazi bilan bog'laning. Ruxsat
berilmagan o'zgartirishlar foydalanuvchini ushbu mahsulotdan
foydalanish huquqidan mahrum bo'lishi mumkin.
•  Faqat LG Electronics tomonidan tasdiqlangan ruxsat berilgan
biriktirmalar / aksessuarlardan foydalaning. Aks holda bu yong'in,
elektr toki urishi, noto'g'ri ishlash yoki mahsulotga zarar yetishiga
olib kelishi mumkin.
•  O'zgaruvchan tok adapteri va elektr shnurini hech qachon
qismlarga ajratmang. Bu yong'in yoki elektr toki urishiga olib
kelishi mumkin.
•  Adapter tushib ketmasligi uchun uni mahkam va ehtiyotkorlik
bilan ushlang. Zarba tegishi adapterni buzishi mumkin.
•  Yong'in yoki elektr toki urishining oldini olish uchun TVni nam
qo'lingiz bilan ushlamang. Agar elektr shnur tilchasi nam
yoki chang bilan qoplangan bo'lsa, vilkani to'liq quriting yoki
changlarni artib tashlang.
•  Batareyalar
- Aksessuarlarni (batareya va boshq.) bolalar qo'li yetmaydigan
xavfsiz joyda saqlang.
- Batareyalarni bir-biriga tutashtirmang, ularni bo'laklarga
ajratmang yoki ularning qizib ketishiga yo'l qo'ymang.
Batareyalarni olovga yaqin qoldirmang. Batareyalarni ortiqcha
issiqlik ta'sirida qoldirmaslik lozim.
•  Ko'chirish
- Ko'chirish vaqtida mahsulot o'chirilganligiga, rozetkadan
uzilganligi va barcha kabellar ajratilganligiga ishonch hosil
qiling. Kattaroq TVlarni ko'tarish uchun 2 yoki undan ko'proq
kishi kerak bo'lishi mumkin. TVning old panelini bosmang yoki
unga hech nimani tiyamang. Aks holda, bu mahsulotga zarar
yetishi, yong'in chiqishi yoki shikast yetishi mumkin.
•  Namga qarshi qadoqlash materiallari yoki vinil qadoqni
bolalarning qo'llari yetmaydigan joylarda saqlang.
•  Zarba bo'lishiga, hech qanday obyektning mahsulot ichiga tushib
ketishiga yo'l qo'ymang va ekran ustiga hech narsagi tushirib
yubormang.
•  Panelni qo'lingiz yoki mix, qalam yoki ruchka kabi o'tkir narsalar
bilan kuchli bosmang yoki uni tirnamang. U ekranga zarar
yetkazishi mumkin.
•  Tozalash
- Tozalayotganda, elektr shnurni qivvat manbaidan uzing va
yumshoq/quruq material bilan ohista arting. Suv yoki boshqa
suyuqliklarni TVga sepmang. Mahsulotlar va uning panelini
shikastlaydigan oynak tozalash vositasi, havo tozalagich,
insektitsidlar, surma yog'lar, mum (avtomobilga oid, industrial),
abraziv narsalar, eritkich, benzin, alkogol va hokazolardan
foydalanmang. Aks holda bu elektr toki urishi yoki mahsulotga
zarar yetishiga olib kelishi mumkin.
3

Hide quick links:

Advertisement

Table of Contents
loading

This manual is also suitable for:

43lm6343lm6532lm5643lm5632lm5743lm57

Table of Contents