Samsung UE32T4510AU User Manual page 72

Table of Contents

Advertisement

Available languages
  • EN

Available languages

  • ENGLISH, page 24
• Jihozni chaqmoqdan himoya qilish uchun yoki uzoq vaqtga e'tiborsiz qoldirilsa yoki ishlatilmaydigan
bo'lsa, rozetkadan sug'urib qo'ying, antenna yoki kabel tizimini ham uzing. Shunda chaqmoq yoki elektr
liniyalaridagi zo'riqish tufayli televizorga shikast yetishining oldi olinadi.
• O'zgaruvchan tok vilkasini adapter rozetkasiga ulashdan oldin adapterning kuchlanishi mahalliy elektr
ta'minotiga mos kelishiga amin bo'ling.
• Hech qachon jihozning tirqishlariga metal buyum tiqmang. Natijada tok urishi mumkin.
• Tok urmasligi uchun hech qachon bu jihozning ichki qismlariga tegmang. Bu jihozni faqat malakali usta
ochishi lozim.
• Vilkani mahkam o'rnatib suqing. Vilkani rozetkadan sug'urishda doim vilkadan ushlab torting. Hech qachon
simidan tortib rozetkadan sug'urmang. Elektr simiga ho'l qo'lingiz bilan tegmang.
• Agar apparat normal ishlamasa, xususan, g'ayrioddiy shovqin yoki hid chiqarsa, darhol tokdan sug'uring va
vakolatli diler yoki Samsung xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling.
• Agar TV uzoq vaqt ishlatilmaydigan bo'lsa yoki siz uydan ketayotgan bo'lsangiz, vilkani sug'urib qo'ying
(ayniqsa uyda bolalar, keksalar yoki nogironlar yolg'iz qoladigan bo'lsa).
– Chang yig'ilib qolsa, elektr simi uchqun chiqarishi va qizishi yoki izolyatsiya shikastlanishi tufayli tok
urishi, tok o'tishi yoki yong'in chiqishi mumkin.
• Agar televizorni kuchli chang, yuqori yoki baland harorat, yuqori namlik, kimyoviy moddalar bor joyda
yoki aeroport, vokzal kabi 24 soat ishlaydigan joyga o'rnatmoqchi bo'lsangiz, vakolatli Samsung xizmat
ko'rsatish markaziga bog'lanib, maslahat oling. Aks holda televizorga jiddiy shikast yetishi mumkin.
• Tegishli tarzda yerga ulangan vilka va rozetkadan foydalaning.
– Yerga to'g'ri ulanmagan bo'lsa, tok urishi yoki jihozga shikast yetishi mumkin. (Faqat l-sinf jihozi.)
• Bu jihozni butunlay o'chirish uchun rozetkadan sug'uring. Zarur paytda jihozni tezda rozetkada uzish
imkoniyatini ta'minlash uchun rozetka va vilka qulay joyda bo'lishiga amin bo'ling.
• Anjomlarni (batareyalar va hokazo) bolalar qo'li yetmaydigan joyda saqlang.
• Jihozni tashlab yubormang yoki zarba bermang. Agar jihoz shikastlansa, tokdan sug'uring va Samsung
xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling.
• Jihozni tozalash uchun vilkani rozetkadan sug'uring va jihozni yumshoq, quruq sochiq bilan arting. Mum,
benzol, spirt, suyultirgich, insektitsid, havo xushbo'ylatgich, moylash materiallari yoki kir yuvish vositalari
kabi kimyoviy moddalarni ishlatmang. Bu moddalar televizorning ko'rinishiga shikast yetkazishi yoki
sirtidagi yozuvlarni o'chirib tashlashi mumkin.
• Jihoz ustiga suv tomchilashi yoki sachrashiga yo'l qo'ymang.
• Batareyalarni olovga tashlamang.
• Batareyalarni qisqa tutashuv qilmang, qismga ajratmang yoki qizdirmang.
• DIQQAT: Pultdagi batareyalar o'rniga boshqa turidagini solsangiz, portlash xavfi vujudga keladi. Faqatgina
ayni yoki o'xshash turidagiga almashtiring.
* Foydalanuvchi qo'llanmasidagi shakllar va suratlar faqat ma'lumot o'rnida berilgan bo'lib, haqiqiy jihoz
ko'rinishidan farq qilishi mumkin. Jihoz dizayni va xarakteristikalari bildirishsiz o'zgartirilishi mumkin.
O'zbekcha - 4

Advertisement

Table of Contents
loading

Table of Contents