Oppo Enco Free2 Quick Start Manual page 42

True wireless noise cancelling earbuds
Table of Contents

Advertisement

Available languages
  • EN

Available languages

  • ENGLISH, page 1
Sensorli boshqaruv
• Keyingi taronani ijro etish: quloqliklardan birini ikki marta
bosing.
• Quloqliklarda Shovqinni kamaytirish va Shaffoflik rejimlari
orasida almashish: quloqlikka tegining va 1 soniya bosib turing.
• Tovushni kuchaytirish/pasaytirish: quloqlik bandida barmoq
bilan yuqoriga yoki pastga suring.
• Chaqiruvlarga javob berish/tugatish: quloqliklardan birini
ikki marta bosing.
※ Quloqliklarning sensorli boshqaruv sozlamalarini telefoningizda oʻzgartirishingiz
mumkin. Tafsilotlar uchun "Quloqlik funksiyalari" boʻlimiga qarang.
Sensorli boshqaruv sohasi
Suratga olish uchun quloqliklardan biriga ikki
marta tegining
Telefoningizda kameradan foydalanayotganda, suratga olish
uchun quloqliklardan biriga ikki marta tegining.
※ Bu funksiyani telefoningizda yoqishingiz mumkin. Tafsilotlar uchun "Quloqlik
funksiyalari" boʻlimiga qarang.
Shovqinni kamaytirish
Shovqinni kamaytirish: audio sizga yanada tiniq eshitilishi
uchun tashqi tovushlarni bloklaydi.
Shaffoflik: atrofingizda nimalar boʻlayotganidan yaxshiroq
xabardor boʻlishingiz uchun tashqi tovushlar eshitiladi.
Shovqinni kamaytirish rejimi yoqilmagan: hech qanday shovqinni
kamaytirish effekti ishlamaydi.
Moslashtirilgan shovqinsizlantirish
Yanada tiniq, yorqin tovush taassuroti uchun eshitish kanalingizning
tuzilishiga qarab shovqinni kamaytirish effektlarini moslang.
Shovqinni kamaytirish effektlari eshitish kanalingizning tuzilishini
tekshirishda oʻzgaradi. Tekshirishlar yakunlangach, eng mos
shovqinni kamaytirish effekti aniqlanadi va tatbiq etiladi.
※ Bu funksiyani telefoningizda yoqishingiz mumkin. Tafsilotlar uchun "Quloqlik
funksiyalari" boʻlimiga qarang.
Moslangan optimal tovush
Moslangan tovush profilini yaratish uchun eshitish
xususiyatlaringizni tovush testi orqali tekshiring. Audio
tinglayotganingizda audio effektlarini real vaqt rejimida optimallash
uchun ushbu profildan foydalanishingiz mumkin.
※ Bu funksiyadan foydalanishdan oldin telefoningizda tovush tekshiruvini
bajarishingiz kerak. Tafsilotlar uchun "Quloqlik funksiyalari" boʻlimiga qarang.
Quloqlik funksiyalari
Siz yuqoridagi quloqlik funksiyalarini telefoningizda sozlash
va ishlatishingiz mumkin.
※ Ovozli yordamchi funksiyasi ayrim telefon brendlari yoki modellarida
qoʻllab-quvvatlanmasligi mumkin.
ColorOS qurilmalari uchun
Sozlamalarni oʻzgartirish uchun telefoningizning Bluetooth
sozlamalari sahifasida "OPPO Enco Free2 - QULOQLIKLAR
FUNKSIYALARI" rukniga kiring.
※ Sensorli boshqaruvni oʻzgartirish, quloqlikning mosligini tekshirish,
Moslashtirilgan shovqinsizlantirish va moslangan optimal tovush faqat
ColorOS 11.0 yoki keyingi versiyalari oʻrnatilgan ayrim telefonlarda mavjud.
※ Kamerani quloqliklar yordamida boshqarish imkoniyati faqat ColorOS 11.3
yoki keyingi versiyalari oʻrnatilgan ayrim telefonlarda mavjud.
※ Qoʻllab-quvvatlanadigan telefon modellarining toʻliq roʻyxati bilan www.oppo.com
saytida tanishishingiz mumkin.
Boshqa Android qurilmalarida
Qurilmangizdagi ilovalar doʻkonida "HeyMelody" ilovasini
toping va oʻrnating. Bu ilovada quloqlik funksiyalarni sozlash
va ishlatishingiz mumkin.
※ Android 6.0 yoki keyingi versiyalari oʻrnatilgan telefonlarda mavjud.
※ OPPO rasmiy veb-saytidagi mahsulot haqidagi maʼlumotlar sahifasida
"HeyMelody" ilovasi mavjud ilovalar doʻkonlarining roʻyxatini koʻrishingiz
mumkin.
iOS qurilmalarida
App Store doʻkonida "HeyMelody" ilovasini toping va oʻrnating.
Bu ilovada quloqlik funksiyalarni sozlash va ishlatishingiz
mumkin.
39
Oʻzbek

Hide quick links:

Advertisement

Table of Contents
loading

This manual is also suitable for:

Eti71

Table of Contents