LG LM-Q610NM User Manual page 597

Table of Contents

Advertisement

Available languages
  • EN

Available languages

  • ENGLISH, page 740
Ushbu qurilma quloqqa yaqin normal holatida yoki tanadan kamida 5 mm masofada
joylashganda nurlanish standartlariga javob beradi. Telefonni g'ilofda yoki kamar
ushlagichida ushlab turganda, ular tarkibida metal qismlar yo' q ligiga ishonch
hosil qiling va tanadan kamida 5 mm masofada joylashtiring. Ma'lumotlar fayllari
yoki xabarlarni uzatish uchun bu mahsulot tarmoqqa sifatli ulanishni talab qiladi.
Ayrim hollarda ma'lumotlar fayllari yoki xabarlarni uzatish bunday ulanish mavjud
bo'lgunicha kechikishi mumkin. Uzatish nihoyasiga yetgunicha yuqoridagi ajratish
masofasi bo'yicha ko'rsatmalarga amal qilinishini ta'minlang.
Texnik xizmat ko'rsatish
Faqat LG tomonidan ruxsat berilgan quti ichidagi aksessuarlardan foydalaning. LG
kompaniyasi boshqa ishlab chiqaruvchilarning aksessuarlaridan foydalanish natijasida
yetkazilgan har qanday zarar yoki xatolik uchun kafolat bermaydi.
Qurilmangizdagi ayrim kontent va tasvirlar oldindan xabardor qilinmasdan
o'zgartirilishi mumkin.
Bu qurilmani qismlarga ajratmang. Qurilmani ta'mirlash talab qilingan hollarda uni
vakolatli xizmat ko'rsatuvchi texnikka olib boring.
LG kafolatli ta'mirlash almashtirilgan qismlarga mos keladigan funktsiyalarga ega
yangi yoki ta'mirlangan qismlarni va platalarni almashtirishni o'z ichiga olishi mumkin.
TV, radio va shaxsiy kompyuter kabi elektrik qurilmalardan uzoqroq saqlang.
Qurilma radiatorlar yoki pishirish pechlari kabi issiqlik manbalaridan uzoqroq
saqlanishi kerak.
Yerga tashlanmasin.
Bu qurilmani mexanik tebranish yoki zarba ta' s iri ostiga qo'ymang.
Qurilmani maxsus cheklovlar qo'llaniladigan joylarda o' c hiring. Masalan, shifoxonalarda
qurilmani ishlatmang, chunki u o'ta sezgir tibbiy qurilmalarga ta' s ir qilishi mumkin.
Qurilma zaryadlanayotgan vaqtda uni nam qo'llaringiz bilan ushlamang. Bu elektr toki
urishiga olib kelishi va qurilmangizni jiddiy shikastlashi mumkin.
Telefonni yonuvchan materiallar yaqinida zaryadlamang, chunki qurilma qizib ketishi
va yong'inga sabab bo'lishi mumkin.
Xavfsiz va samarali foydalanish uchun yo'riqnomalar
6

Advertisement

Table of Contents
loading

Table of Contents