LG LM-X210NMW User Manual page 504

Hide thumbs Also See for LM-X210NMW:
Table of Contents

Advertisement

Available languages
  • EN

Available languages

  • ENGLISH, page 631
Ushbu foydalanuvchi yo'riqnomasi
haqida
Mazkur LG mahsulotini tanlaganingizdan minnatdormiz. Ushbu qurilmadan
birinchi marta foydalanayotgan bo'lsangiz, undan xavfsiz va tegishli maqsadda
foydalanish uchun iltimos, ushbu foydalanuvchi yo'riqnomasini o' q ib chiqing.
Doimo LG firmasining asl aksessuarlaridan foydalaning. Taqdim qilingan
elementlar faqatgina ushbu qurilma uchun mo'ljallangandir hamda boshqa
qurilmalarga mos kelmasligi mumkin.
Tavsfilar faqatgina qurilmaning sukut bo'yicha sozlamalari asosida taqdim
qilingandir.
Qurilmaning standart ilovalari yangilanib turishi va oldindan xabar
berilmasdan ularni qo'llab-quvvatlanishi, ogohlantirishsiz to'xtalishi munkin.
Agar sizda qurilmadagi ilova bilan bog'liq savollaringiz bo'lsa, iltimos, LG
servis markaziga murojaat qiling. Foydalanuvchi tomonidan o'rnatiladigan
ilovalar bo'yicha iltimos, tegishli xizmat provayderi bilan bog'laning.
Qurilmaning operatsion tizimiga o'zgartirish kiritish yoki norasmiy
manbalardan dasturiy ta'minotlarni o'rnatish qurilmaning shikastlanishi
va ma'lumotlarning barbod bo'lishi yoki yo' q otilishiga olib kelishi mumkin.
Bunday harakatlar LG litsenziya shartnomangizning to'xtatilishi hamda
kafolatingizning bekor bo'lishiga olib keladi.
Qurilmangizdagi ayrim kontent va tasvirlar hududingiz, xizmat
provayderingiz, dasturiy ta'minotingiz yoki operatsion tizimingiz versiyasiga
qarab farqlanishi va oldindan xabardor qilinmagan holda ularga o'zgartirish
kiritilishi mumkin.
Qurilmangiz bilan kelgan dasturiy ta'minot, audio, gulqog' o z, tasvirlar va
boshqa medialar cheklangan muddatga sizga litsenziyalanadi. Agar siz
ushbu materiallarni tijorat yoki boshqa maqsadlarda chiqarsangiz va
foydalansangiz, mualliflik huquqi haqidagi qonunlarni buzgan bo'lasiz.
Foydalanuvchi sifatida siz ushbu mediadan noqonuniy foydalanganligingiz
uchun to'liq javobgar hisoblanasiz.
O'ZBEKCHA
1

Advertisement

Table of Contents
loading

Table of Contents