Download Print this page

Philips Sonicare DiamondClean 9000 Series Manual page 354

Hide thumbs Also See for Sonicare DiamondClean 9000 Series:

Advertisement

Available languages
  • EN

Available languages

  • ENGLISH, page 1
354
O'zbek
Kirish
Xavfsizlikka oid muhim axborot
Ogohlantirishlar
Philips Sonicare oilasiga xush kelibsiz!
Bu tish choʻtkasi tishdagi toshlarning samaraliroq ketishi,
tishlarning yanada oqarishi va yanada sogʻlom milklarni
taʼminlaydi. Ohista Sonicare tovushli texnologiyasini va
klinik sharoitlarda ishlab chiqilgan va sinalgan
funksiyalarning uygʻunlashgani tufayli, tishlaringiz doimo
eng astoydil tozalanayotganiga amin boʻlasiz.
Keyingi qoʻllab-quvvatlash va mahsulotni roʻyxatdan
oʻtkazish manzili: www.philips.com/support.
Mahsulotdan faqat toʻgʻri maqsadda foydalaning.
Mahuslotdan hamda uning batareyalari va
aksessuarlaridan foydalanishni boshlashdan avval, ushbu
qoʻllanmani diqqat bilan oʻqib chiqing va keyinchalik
murojaat qilish uchun uni saqlab qoʻying. Notoʻgʻri
foydalanish xavflarga yoki jiddiy jarohatlarga olib kelishi
mumkin.
-
Quvvatlash tagligi va/yoki sayohat quvvatlagich
gʻilofini suvdan narida tuting.
-
Tozalashdan keyin quvvatlash tagligi va/yoki sayohat
quvvatlagich gʻilofi elektr manbaiga ulanishdan avval
toʻliq quriganiga ishonch hosil qiling.
-
Ushbu jihoz bolalar hamda jismoniy, hissiy yoki aqliy
qobiliyatlari cheklangan yoki tajriba va bilimga ega
boʻlmagan shaxslar tomonidan, agar ularga jihozdan
xavfsiz foydalanish boʻyicha koʻrsatmalar berilgan
boʻlsa yoki ular nazorat ostida boʻlsalar va agar ular
undan kelib chiqishi mumkin boʻlgan xavfni
tushunsalar, ishlatilishi mumkin. Bolalar jihozni
tozalash va unga xizmat koʻrsatish ishlarini nazoratsiz
amalga oshirmasliklari lozim.
-
Bolalar jihoz bilan oʻynamasliklari kerak.
-
Faqat original Philips aksessuarlaridan va sarf
materiallaridan foydalaning. Faqat mahsulot bilan
birga yetkazib berilgan quvvatlagichdan foydalaning.
Agar toʻplamda mavjud boʻlsa, faqat original USB
kabeldan va USB taʼminot blokidan foydalaning.

Advertisement

loading