LG LM-Q610NM User Manual page 709

Table of Contents

Advertisement

Available languages
  • EN

Available languages

  • ENGLISH, page 740
Tovush
Tovush, vibratsiya va xabarnoma sozlamalarini moslashtirishingiz mumkin.
Sozlamalar ekranidagi Tovush tugmasini bosing va quyidagi sozlamalarni o'zingizga
moslashtiring:
Tovush profili: Tovush profilini Tovush, Faqat vibratsiya yoki Tovushsiz rejimga
o'zgartiring.
Ovoz balandligi: Ovoz balandligini turli narsalar uchun sozlang.
SIM1 ringtoni/SIM2 ringtoni: Kiruvchi qo'ng'iroqlar uchun rington tanlang.
Jirinlglash ohanglarini qo' s hing yoki olib tashlang.
Rington identifikatori: Ma'lum bir kontakt egasining kiruvchi qo'ng'irog'i uchun
rington yarating.
Tebranish bilan jiringlash: Qurilmani bir vaqtda ham vibratsiya, ham jiringlash
ohangi chalinishiga sozlang.
Kiruvchi qo'ng'iroq uchun chaqnoqli ogohlantirish: Chaqnoq LG ringtonida
hamoxang tarzda miltillaydi.
SIM1 bildirish xabari tovushi/SIM2 bildirish xabari tovushi: Bildirishnoma
ringtonini tanlang. Qurilmaga saqlangan musiqani xabarnomaning jiringlash
ohangi qilib o'rnating.
Bezovta qilmang: Bildiruv xabarlari olish uchun vaqt, diapazon va ilova dasturi
turini o'rnating. Faqat haftaning muayyan kunlarida bildiruv xabarlari oling.
Tovush sifati va effektlar: Ovozli effektlarni o'rnatish.
SIM1 vibratsiya turi/SIM2 vibratsiya turi: Qo'ng'iroqlarni olishdagi tebranish
turini tanlashingiz mumkin.
Raqam terish tugmalar paneli tovushi: Tugmalar paneli tovush effektini
tanlang.
LG klaviaturasi tovushi: LG klaviaturasi tovush effektini tanlang.
Tegish tovushi: Elementga tegish uchun tovush effektini tanlang.
Ekranni bloklash tovushi: Ekran bloklangan yoki bloklanmagan holdagi tovush
effektini tanlang.
Sozlamalar
118

Advertisement

Table of Contents
loading

Table of Contents