LG LM-Q610NM User Manual page 592

Table of Contents

Advertisement

Available languages
  • EN

Available languages

  • ENGLISH, page 740
Ushbu foydalanuvchi yo'riqnomasi
haqida
Mazkur LG mahsulotini tanlaganingizdan minnatdormiz. Ushbu qurilmadan birinchi
marta foydalanayotgan bo'lsangiz, undan xavfsiz va tegishli maqsadda foydalanish
uchun iltimos, ushbu foydalanuvchi yo'riqnomasini o' q ib chiqing.
Doimo LG firmasining asl aksessuarlaridan foydalaning. Taqdim qilingan
elementlar faqatgina ushbu qurilma uchun mo'ljallangan hamda boshqa
qurilmalarga mos kelmasligi mumkin.
Sensorli klaviatura mavjudligi sababli, ushbu qurilma ko'rish qobiliyati buzilgan
odamlarga mo'ljallanmagan.
Tushuntirishlar qurilma standart sozlamalariga asoslangan.
Telefonda o'rnatilgan standart ilovalar vaqti-vaqti bilan yangilanadi; ushbu
ilovalarni qo'llab-quvvatlash oldindan ogohlantirmasdan bekor qilinishi mumkin.
Agar sizda qurilmadagi standart ilovalar bilan bog'liq savollaringiz bo'lsa, iltimos,
LG Mijozlarni qo'llab quvvatlash markaziga murojaat qiling. Foydalanuvchilar
tomonidan o'rnatilgan ilovalarga oid savollar uchun tegishli sotuvchiga murojaat
qiling.
Qurilmaning operatsion tizimiga o'zgartirish kiritish yoki norasmiy manbalardan
dasturiy ta'minotlarni o'rnatish qurilmaning shikastlanishi va ma'lumotlarning
barbod bo'lishi yoki yo' q otilishiga olib kelishi mumkin. Bunday harakatlar LG
litsenziya shartnomangizning to'xtatilishi hamda kafolatingizning bekor
bo'lishiga olib keladi.
Qurilmangizdagi ayrim kontent va tasvirlar hududingiz, xizmat provayderingiz,
dasturiy ta'minotingiz yoki operatsion tizimingiz versiyasiga qarab farqlanishi va
oldindan xabardor qilinmagan holda ularga o'zgartirish kiritilishi mumkin.
Dasturiy ta'minot, audio yozuvlar, fon tasvirlar, tasvirlar va boshqa multimediyali
materiallar uchun litsenziyalar cheklangan holda foydalanish imkonini beradi.
Agar siz ushbu materiallarni tijorat yoki boshqa maqsadlarda chiqarsangiz
va foydalansangiz, mualliflik huquqi haqidagi qonunlarni buzgan bo'lasiz.
Foydalanuvchi multimedia materiallaridan noqonuniy foydalanish uchun
javobgardir.
O'ZBEKCHA
1

Advertisement

Table of Contents
loading

Table of Contents