O'zbekcha - Braun Oral-B GENIUS 8000 Manual

Hide thumbs Also See for Oral-B GENIUS 8000:
Table of Contents

Advertisement

Available languages
  • EN

Available languages

  • ENGLISH, page 1

O'zbekcha

Oral-B dunyosiga xush kelibsiz!
Ushbu tish cho'tkasini ishlatishdan oldin,
ushbu qo'llanmani o'qing va kelajak uchun
saqlab qo'ying.
MUHIM
• Vaqti-vaqti bilan qurilma
va tarmoq shnurining
shikastlanmaganligini tekshirib
turing.
Shikastlangan yoki nosoz
jihozdan foydalanmang. Agar
qurilma yoki tarmoq shnuri
shikastlangan bo'lsa, ularni
Oral-B servis markaziga olib
boring. Qurilmani o'zgartirmang
va ta'mirlamang. Bu yong'inga,
elektr toki urishiga yoki
jarohatlanishga olib kelishi
mumkin.
• 3 yoshgacha bo'lgan bolalar
tomonidan foydalanilishi
tavsiya qilinmaydi. Bolalar va
jismoniy, sezish yoki aqliy
qobiliyatlari cheklangan yoki
tegishli tajribasi yoki bilimi
yetarli bo'lmagan shaxslar bu
tish cho'tkasidan faqat ular
o'zlarining xavfsizligiga
javobgar shaxslar nazorati
ostida bo'lganlaridagina yoki
jihozdan foydalanish bo'yicha
ko'rsatmalar olganlarida
va uning ehtimoliy xavfini
anglab yetganlaridagina
foydalanishlari mumkin.
• Qurilmani tozalash va ishlatish
bolalar tomonidan amalga
oshirilmasligi kerak.
• Qurilma bilan o'ynash
taqiqlanadi.
• Ushbu qurilmadan faqat
maqsadga muvofiq
foydalaning. Ishlab chiqaruvchi
tomonidan tavsiya etilmagan
aksessuarlarni /
almashtiriladigan nasadkalarni
ishlatmang. Faqat jihoz
majmuasiga kirgan zaryadlash
qurilmasidan foydalaning.
DIQQAT
• Zaryadlovchi qurilmani/stansiyasini,
Smart Plug quvvat shnurini yoki
zaryadlash funksiyasiga ega yo'l g'ilofini
suvga yoki suyuqlikka tushib ketishning
oldini oling va ularni vanna yoki
rakovinaga bexosdan tushib ketishi
mumkin bo'lgan joylarga qo'ymang.
Ushbu qurilmalar suvga tushganida ularni
chiqarib olishga urinmang. Ularni darhol
rozetkadan ajrating.
• Qurilma akkumulyatorini almashtirib
bo'lmaydi.
Qurilmani ochmang yoki qismlarga
ajratmang. Batareyani qayta ishlash
uchun qurilmani butunlay mahalliy atrof
muhit qonunlariga muvofiq tasarruf eting.
Tutqichning yaxlitligini buzish qurilmaga
zarar yetkazishi va kafolatni bekor qiladi.
• Elektr tarmog'idan uzishda doimo
shnurdan ushlab emas, balki vilkadan
tortib sug'uring. Tarmoq vilkasiga nam
qo'llaringiz bilan tegmang. Bu elektr toki
urishiga olib kelishi mumkin.
• Agar siz og'iz bo'shlig'ining istalgan
kasalligidan davolash kursini o'tayotgan
bo'lsangiz, qurilmadan foydalanishdan
avval stomatologingiz bilan maslahatlashing.
• Bu tish cho'tkasi shaxsiy foydalanish
uchundir va u stomatologik amaliyotda
yoki klinikada bittadan ko'p bemor
tomonidan foydalanilishi uchun
mo'ljallanmagan.
51

Hide quick links:

Advertisement

Table of Contents
loading

This manual is also suitable for:

Oral-b genius 9000

Table of Contents