O'zbek - Philips Sonicare 3000 Series Manual

Hide thumbs Also See for Sonicare 3000 Series:
Table of Contents

Advertisement

Available languages
  • EN

Available languages

  • ENGLISH, page 1
238

O'zbek

Xavfsizlikka oid muhim axborot
Ogohlantirishlar
Mahsulotdan faqat toʻgʻri maqsadda foydalaning.
Mahuslotdan hamda uning batareyalari va
aksessuarlaridan foydalanishni boshlashdan avval, ushbu
qoʻllanmani diqqat bilan oʻqib chiqing va keyinchalik
murojaat qilish uchun uni saqlab qoʻying. Notoʻgʻri
foydalanish xavflarga yoki jiddiy jarohatlarga olib kelishi
mumkin.
-
Quvvatlagichni suvdan uzoqda tuting.
-
Tozalashdan keyin quvvatlagich tarmoqqa ulanishdan
oldin toʻliq quriganini tekshiring.
-
Ushbu jihoz bolalar hamda jismoniy, hissiy yoki aqliy
qobiliyatlari cheklangan yoki tajriba va bilimga ega
boʻlmagan shaxslar tomonidan, agar ularga jihozdan
xavfsiz foydalanish boʻyicha koʻrsatmalar berilgan
boʻlsa yoki ular nazorat ostida boʻlsalar va agar ular
undan kelib chiqishi mumkin boʻlgan xavfni
tushunsalar, ishlatilishi mumkin. Bolalar jihozni
tozalash va unga xizmat koʻrsatish ishlarini nazoratsiz
amalga oshirmasliklari lozim.
-
Bolalar jihoz bilan oʻynamasliklari kerak.
-
Faqat original Philips aksessuarlaridan va sarf
materiallaridan foydalaning. Faqat mahsulot bilan
birga taqdim etilgan quvvatlagichdan foydalaning.
Agar toʻplamda mavjud boʻlsa, faqat original USB
kabeldan va USB taʼminot blokidan foydalaning.
-
Mahsulotni tashqarida yoki isitiladigan yuzalar
yaqinida quvvatlamang.
-
Mahsulotning hech bir qismini idish yuvish
mashinasida tozalamang.
-
Jismoniy shikast yetishidan saqlanish maqsadida,
idishni qaynoq suv bilan toʻldirmang. Idishga begona
buyumlar solmang.
-
Foydalanishning maksimal balandligi – 4500 metr.
-
Jihoz faqat tishlarni va milklarni tozalash uchun ishlab
chiqilgan.
-
Undan boshqa maqsadlar (masalan, koʻzlar, burun va
quloqlar) uchun foydalanmang.

Advertisement

Table of Contents
loading

Table of Contents