Samsung BU8 Series User Manual page 29

Table of Contents

Advertisement

Available languages
  • EN

Available languages

  • ENGLISH, page 10
01 Qutida nima bor?
Televizor to'plamida quyidagilar mavjudligiga ishonch hosil qiling.
Birortasi yetishmasa, dilerga murojaat qiling.
• Samsung Smart masofadan boshqarish pulti
• Foydalanuvchi qo'llanmasi
• CI karta adapteri
• Kafolat kartasi / Me'yoriy hujjat (ayrim mamlakatlarda yo'q)
• TV elektr kabeli
• Modeliga bog'liq ravishda anjomlarning rangi va shakli
turlicha bo'lishi mumkin.
• Kabellar to'plamga kirmaydi, ularni alohida xarid qilish
mumkin.
• Qutini ochganda ayrim anjomlar o'rama orqasiga yoki ichiga
berkinib qolishi mumkin.
Ogohlantirish: Ekran ehtiyot qilinmasa, bevosita
bosish tufayli shikastlanishi mumkin. Televizorni
ko'rsatilganidek qilib chetlaridan ko'tarishni
maslahat beramiz. Batafsil axborot uchun jihoz
bilan birga kelgan O'rnatish bo'yicha qisqacha
qo'llanma bilan tanishib chiqing.
Bu ekranga
teginmang!
02 Dastlabki sozlash
Televizorni ilk bor yoqqaningizda darhol dastlabki sozlash
ishga tushadi. Ekranda ko'rsatilgan ko'rsatmalarni bajaring va
televizorning asosiy parametrlarini ko'rish muhitingizga sozlang.
Televizor boshqaruvi ishlatish
Televizor tagidagi Televizor boshqaruvi tugmasi bilan yoqib, keyin
Boshqaruv menyusi ishlatish mumkin. Televizor ishlab turganida
Televizor boshqaruvi tugmasini bossangiz, Boshqaruv menyusi
menyusi ko'rsatiladi.
• SAMSUNG logotipi ustidagi yoki televizorning pastki
qismidagi himoya plyonkasi olib tashlanmagan bo'lsa, ekran
qorong'u ko'rinishi mumkin. Himoya plyonkasini olib tashlang.
Boshqaruv menyusi
Televizor boshqaruvi tugmasi / Pult datchigi / Mikrofon
tugmasi
Mikrofon qanday yoqiladi va o'chiriladi
A turi
Yoniq
O'chiq
TV quyi qismidagi tugma bilan mikrofonni yoqish yoki o'chirish
mumkin. Agar mikrofon o'chirilsa, mikrofondan foydalanadigan
ovoz va tovush funksiyalari ishlamaydi.
• Bu funksiya faqat Q7*B/Q8*B/QN8*B/QN9*B seriyalarda
qo'llab-quvvatlanadi.
• Mikrofon tugmasining joylashuvi va shakli modeliga qarab
farq qilishi mumkin.
• Mikrofondan olingan axborotlar yordamida tahlil qilish
paytida axborotlar saqlanmaydi.
B turi
Yoniq
O'chiq
O'zbekcha - 5

Hide quick links:

Advertisement

Table of Contents
loading

Table of Contents