LG 65UN73506LB Owner's Manual page 45

Table of Contents

Advertisement

Available languages

Available languages

Noto'g'ri ko'rsatayotgan ekran
• Agar mahsulotga tegilganda sovuqdek tuyulsa, u
yoqilganda ozgina miltillash bo'lishi mumkin. Bu tabiiy
holdir; mahsulotda hech qanday muammo mavjud emas.
• Bu panel millionlab pikselni o'z ichiga olgan ilg'or
mahsulot hisoblanadi. Siz panelda o'lchami 1 ppm
bo'lgan kichkina qora nuqtalarni va/yoki yorqin (qizil,
ko'k, yashil) rangdagi nuqtalarni ko'rishingiz mumkin. Bu
mahsulotning noto'g'ri ishlayotganligini bildirmaydi va
ishlash samaradorligiga va mahsulot ishonchliligiga ta'sir
ko'rsatmaydi.
Ushbu hodisa uchinchi tomon ishlab chiqaruvchilarining
mahsulotlarida ham sodir bo'lishi mumkin va buning
uchun ular almashtirib yoki xarajatlar qoplab berilmaydi.
• Ko'rish nuqtasiga qarab (chap/o'ng/yuqori/past) paneldagi
ravshanlik darajasi va ranglar farq qilishi mumkin.
Bu hodisa panelning o'ziga xos xususiyatlari tufayli sodir
bo'ladi. U ishlash samaradorligi bilan bog'liq emas va
uning noto'g'ri ishlayotganligini anglatmaydi.
• Uzoq vaqt davomida harakatsiz tasvirni namoyish qilish
qoldiq tasvirga olib kelishi mumkin. TV ekranida uzoq vaqt
davomida harakatsiz tasvirning namoyish qilinishiga yo'l
qo'ymang.
Hosil qilingan ovoz
• "Qarsillovchi" shovqin: Televizor ko'rish yoki o'chirish
vaqtida chiqadigan qarsillovchi shovqin harorat va namlik
tufayli plastik tarkibiy qismlarning qisqarishi orqali hosil
qilinadi. Bu harorat natijasida deformatsiyalanish talab
qilinadigan mahsulotlar uchun tabiiy hol hisoblanadi.
• Elektr zanjirining guvillashi/panelning g'o'ng'illashi:
Mahsulotni ishlatish uchun katta miqdordagi elektr toki
bilan ta'minlovchi yuqori tezlikda o'zgaruvchi zanjir
tomonidan sezilarsiz shovqin hosil qilinadi. Shovqin
darajasi mahsulotga turiga bog'liq.
Ushbu hosil qilingan ovoz mahsulotning ishlash
samaradorligiga va uning ishonchliligiga ta'sir
ko'rsatmaydi.
• Mahsulotni tozalash vaqtida panel yoki
yo'naltiruvchi panelning yuqori, chap yoki o'ng
tomonidagi tirqishga har qanday suyuqlik yoki
begona ob'yektlar kirmasligiga ehtiyot bo'ling.
(Rusumga qarab)
• Ortiqcha suv yoki tozalovchini matodan siqib
chiqarganingizga ishonch hosil qiling.
• TV ekrani ustiga to'g'ridan-to'g'ri suv yoki
tozalovchini sachratmang.
• Ekranni artish uchun quruq matoga yetarli
darajada suv yoki tozalovchi sepishga ishonch
hosil qiling.
13

Advertisement

Table of Contents
loading

Table of Contents