Samsung UE43AU7100U User Manual page 29

Hide thumbs Also See for UE43AU7100U:
Table of Contents

Advertisement

Available languages
  • EN

Available languages

  • ENGLISH, page 10
01 Qutida nima bor?
Televizor to'plamida quyidagilar mavjudligiga ishonch hosil qiling.
Birortasi yetishmasa, dilerga murojaat qiling.
• Masofadan boshqarish & batareyalar (modeliga qarab)
• Samsung Smart masofadan boshqarish pulti & batareyalar
(modeliga qarab)
• Foydalanuvchi qo'llanmasi
• CI karta adapteri
• Kafolat kartasi / Me'yoriy hujjat (ayrim mamlakatlarda yo'q)
• TV elektr kabeli
• Batareya turi modeliga qarab farqlanishi mumkin.
• Modeliga bog'liq ravishda anjomlarning rangi va shakli
turlicha bo'lishi mumkin.
• Kabellar to'plamga kirmaydi, ularni alohida xarid qilish
mumkin.
• Qutini ochganda ayrim anjomlar o'rama orqasiga yoki ichiga
berkinib qolishi mumkin.
Ogohlantirish: Ekran ehtiyot qilinmasa, bevosita
bosish tufayli shikastlanishi mumkin. Televizorni
ko'rsatilganidek qilib chetlaridan ko'tarishni
maslahat beramiz. Batafsil axborot uchun jihoz
bilan birga kelgan O'rnatish bo'yicha qisqacha
qo'llanma bilan tanishib chiqing.
Bu ekranga
teginmang!
02 Dastlabki sozlash
Televizorni ilk bor yoqqaningizda darhol dastlabki sozlash
ishga tushadi. Ekranda ko'rsatilgan ko'rsatmalarni bajaring va
televizorning asosiy parametrlarini ko'rish muhitingizga sozlang.
Televizor boshqaruvi ishlatish
Televizor tagidagi Televizor boshqaruvi tugmasi bilan yoqib, keyin
Boshqaruv menyusi ishlatish mumkin. Televizor ishlab turganida
Televizor boshqaruvi tugmasini bossangiz, Boshqaruv menyusi
menyusi ko'rsatiladi.
• SAMSUNG logotipi ustidagi yoki televizorning pastki
qismidagi himoya plyonkasi olib tashlanmagan bo'lsa, ekran
qorong'u ko'rinishi mumkin. Himoya plyonkasini olib tashlang.
Boshqaruv menyusi
Televizor boshqaruvi tugma / Masofadan boshqarish datchigi
Tovush datchigini sozlash
• Bu funksiya faqat
Q7*A/Q8*A/
QN8*A/QN9*A
seriyalarda qo'llab-
quvvatlanadi.
TV quyi qismidagi tugma bilan tovush sensorini yoqish yoki
o'chirish mumkin.
TV yoniq turganida tugmani chapga (yoki orqaga) bosib, tovush
datchigini yoqish mumkin, o'ngga (yoki orqaga) bosib, o'chirish
mumkin.
Tovush datchigi yoniq yoki o'chiqligini bilish uchun televizorda
qalqib chiqadigan oynaga qarang.
• Tovush datchigining joylashuvi va shakli modeliga qarab farq
qilishi mumkin.
• Tovush datchigidan olingan axborotlar yordamida tahlil qilish
paytida axborotlar saqlanmaydi.
O'zbekcha - 5

Advertisement

Table of Contents
loading

Table of Contents