LG ARNU18GV1A4 Owner's Manual page 175

Hide thumbs Also See for ARNU18GV1A4:
Table of Contents

Advertisement

Available languages
  • EN

Available languages

  • ENGLISH, page 1
• Havo filtrini olish vaqtida jihozning metal qismlariga tegib ketmang. Ular juda o'tkir
qirrali!
- Tan jarohati yetish xavfi bor.
• Jihozga (tashqi bloklarga) oyoq yoki boshqa narsalar qo'yilmasin.
- Bunda jarohat yetishi va jihoz ishdan chiqishi mumkin.
• Har doim filtrni mustahkam o'rnating. Filtrni har ikki haftada bir marta yoki, zarur
bo'lsa, undan ko'proq marotaba tozalang.
- Ifloslangan filtr havo konditsioneri samaradorligini pasaytiradi va mahsulot ishdan
chiqishiga yoki shikastlanishiga sabab bo'ladi.
• Konditsioner ishlayotgan vaqtda qo'lingiz yoki boshqa narsalarni havo oqimi
kiradigan va chiqadigan teshiklariga tiqmang.
- Bu qismlar o'tkir qirrali bo'lib, harakatlanuvchi qismlari tan jarohati yetkazishi
mumkin.
• Konditsionerdan chiqadigan suvni ichmang.
- Bu sanitariyaga muvofiq emas va jiddiy kasalliklarga sabab bo'lishi mumkin.
• Jihozni tozalash yoki sozlash vaqtida mustahkam katta stol yoki narvondan
foydalaning.
- Tan jarohatidan ehtiyot bo'ling.
• Jihozda xizmat ko'rsatish ishlari faqat jihoz ishlab chiqaruvchisi tomonidan tavsiya
qilingani kabi amalga oshirilishi lozim. Boshqa malakali shaxslarning yordamini
talab qiluvchi texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash ishlari yonuvchan sovutish
vositalari bilan ishlash vakolatiga ega bo'lgan shaxs nazorati ostida amalga
oshirilishi kerak. (R32 uchun)
• Ushbu jihoz jismoniy, sezish yoki aqliy qobiliyati cheklangan yoki tegishli tajriba va
bilimga ega bo'lmagan kishilarning (jumladan, bolalarning) undan xavfsiz
foydalanish uchun mas'ul kishining nazorati yoki ko'rsatmalarisiz foydalanishi
ko'zda tutilmaydi.
- Bolalar jihoz bilan o'ynamasligi uchun ular nazorat qilinishi shart.
• 8 yoshdan katta bolalar va jismoniy, hissiy va aqliy qobiliyati cheklangan yoki tajriba
va bilimi yetishmaydigan kishilar nazorat ostida yoki jihozni xavfsiz ishlatishga oid
ko'rsatmalar olgan bo'lsa hamda bu bulan bog'liq tahdidlarni tushunsa, ushbu
jihozdan foydalanishi mumkin. Bolalar jihoz bilan o'ynamasligi kerak. Bolalar
nazoratsiz jihozni tozalashi yoki unga foydalanuvchi texnik xizmatini ko'rsatishi
mumkin emas.
• Agar quvvat shnuri shikastlangan bo'lsa, uni ishlab chiqaruvchi, uning xizmat
ko'rsatuvchi agenti yoki shunga o'xshash malakali kishilar almashtirishi kerak.
• Qitish ishlayotgan yoki ishdan keyin darhol sovutish quvurlari va suv trubasiga yoki
ichki qismlarga tegmang.
- Bu kuyishi yoki muzlashdan olib kelishi mumkin.
Xavfsizlik ehtiyot choralari
Foydalanuvchi qo'llanmasi 7

Advertisement

Table of Contents
loading

This manual is also suitable for:

Arnu24gv1a4Arnu48gv2a4Arnu36gv2a4

Table of Contents