Samsung Gear 360 Safety Information Manual page 643

Hide thumbs Also See for Gear 360:
Table of Contents

Advertisement

Batareyaning va zaryadlash qurilmasining uzoq muddat
davomida xizmat ko'rsatishini ta'minlang
• Batareyalar uzoq muddat davomida ishlatilmasa, ular foydalanishga
yaroqsiz bo'lib qolishi mumkin.
• Vaqt o'tishi bilan, ishlatilmagan qurilma quvvati yo'qoladi va ularni
ishlatishdan oldin zaryadlash zarur.
• Ishlatilmayotganda zaryadlash qurilmasini elektr quvvati manbaidan
chiqaring.
• Batareyadan faqatgina belgilangan maqsadlar uchun foydalaning.
• Qurilma va batareyangizning xizmat qilish muddatini uzaytirish uchun
ushbu qo'llanmadagi barcha ko'rsatmalarga amal qiling. Qo'llanmada
berilgan ogohlantirish va ko'rsatmalarga amal qilmaslik oqibatida
kelib chiqqan tashqi zarar va ishlash muammolari ishlab chiqaruvchi
kafolati tomonidan qoplanmasligi mumkin.
• Vaqt o'tishi bilan qurilmangiz eskirishi mumkin. Ma'lum bir vaqt
oralig'ida ba'zi qismlar va ta'mirlashlar kafolat tomonidan qoplanadi,
lekin tasdiqlanmagan aksessuarlardan foydalanish oqibatida yuzaga
kelgan zararlar qoplanmaydi.
Qurilmangizni qismlarga ajratmang, o'zgartirmang yoki
o'zboshimchalik bilan ta'mirlamang
• Qurilmangizdagi har qanday o'zgartirishlar yoki takomillashtirishlar
ishlab chiqaruvchi kafolatlariga kirmasligi mumkin. Qurilmangizni
ta'mirlash zarur, uni Samsung Xizmat ko'rsatish Markaziga olib boring.
• Batareyani qismlarga ajratmang yoki bosmang, chunki bu portlash
yoki yong'inni keltirib chiqarishi mumkin.
• Batareyani chiqarib olishdan oldin qurilmani o'chiring. Agar yoqilgan
holatdagi qurilmadan batareyani olib tashlasangiz, bu qurilmaga zarar
yetkazishi mumkin.
Qurilma tozalayotganda quyidagilarni yodda tuting
• Qurilmangizni yoki zaryadlash qurilmasini sochiq yoki salfetka bilan
arting.
• Batareya terminallarini paxta yoki sochiq bilan tozalang.
• Kimyoviy yoki yuvish vositalaridan foydalanmang. Bunday qilish
qurilma korpusini yemirishi yoki uning rangini o'chirishi, elektr toki
urishi yoki yong'in kelib chiqishiga sabab bo'lishi mumkin.
O'zbek
643

Hide quick links:

Advertisement

Table of Contents
loading

This manual is also suitable for:

Sm-r210

Table of Contents