O'zbek - Philips PerfectCare PSG6066/20 Manual

Hide thumbs Also See for PerfectCare PSG6066/20:
Table of Contents

Advertisement

Available languages
  • EN

Available languages

  • ENGLISH, page 1
Dazmolni ehtiyotkorlik bilan ishlating va
bug'ni odamlar yoki hayvonlarga aslo
yo'naltirmang, chunki jihoz kuydiradigan
bug' ajratadi.
Tarmoq shnuri va bug'ning taʼminot shlangi
dazmolning issiq tag qismiga tegishiga yo'l
qo'ymang.
Dazmollash vaqtida kuyishdan saqlanish
uchun bug'lash faollashtirilganda barmoq va
qo'llaringizni dazmolning tag qismiga
yaqinlashtirmang.
DIQQAT: Yuza issiq (1-rasm)
Foydalanish vaqtida yuzalar
qizib ketadi (jihozda issiq belgisi
mavjud dazmollar uchun).
Diqqat
Cho'kindilarni tozalash vaqtida
jihozni nazoratsiz qoldirmang.
Bug' generatorining cho'kma yoki
cho'kindilarini "Tozalash va texnik xizmat
ko'rsatish" bobidagi ko'rsatmalar asosida
tozalang.
Cho'kindilarni tozalash jarayonini
cho'kindilarni tozalash konteyneri bilan
amalga oshiring va jarayonni to'xtatib
qo'ymang.
Cho'kindilarni tozalash jarayonida dazmolni
tovoniga qo'ymang, chunki issiq suv chiqishi
mumkin.
Cho'kindilarni tozalash jarayonidan keyin
cho'kindilarni tozalash konteyneri qizib
ketadi. Unga tegishdan oldin taxminan 5
daqiqa sovishini kuting.
Jihozni tekis, issiqlikka chidamli sirtda
ishlatish va qo'yish kerak. Dazmolni joyiga
qo'ysangiz, uning sirti barqaror bo'lishini
taʼminlang. Asos – dazmolning tovoni yoki
dazmolni ishlatishda turg'azib qo'yadigan
qismi.
Jihozni faqat yerga ulangan rozetkaga ulang.
Vilkani devordagi rozetkaga ulashdan oldin
tarmoq shnurini to'liq tarqating.
Dazmolning platformasi va uning tag qismi
haddan ortiq qizib ketishi va tegsa, kuydirishi
mumkin. Agar bug' generatorini surmoqchi
bo'lsangiz, dazmol platformasiga tegmang.
Dazmollashni tugatganda, jihozni
tozalashda, bug' generatorini to'ldirib,
bo'shatganda va dazmolni qisqa muddatga
qoldirganingizda, dazmolni dazmol
platformasiga qaytarib qo'ying, jihozni
o'chiring va devordagi rozetkadan tarmoq
vilkasini uzing.
Xushbo'y suv, quritish mashinasining
suvi, sirka, kraxmal, cho'kmalarni tozalash
vositalari, dazmol qilish vositalari, kimyoviy
cho'kmalardan tozalangan suv yoki boshqa
kimyoviy moddalarni quymang, chunki ular
sizib chiqishi, jigarrang dog'lar hosil qilishi
yoki jihozingizga shikast yetishiga sabab
bo'lishi mumkin.
Vilka o'zi kabi texnik xususiyatlarga ega
bo'lgan rozetkaga ulanishi kerak.
Bu jihoz faqat maishiy foydalanishga
mo'ljallangan.
Elektromagnit maydonlar (EMF)
Bu Philips jihozi elektromagnit maydonlarning
taʼsiri bo'yicha barcha amaldagi standart va
meʼyorlarga javob beradi.
Qayta ishlash
Bu belgi mahsulotning odatiy
-
maishiy chiqindilar bilan
tashlanmasligi zarurligini bildiradi.
Mamlakatning elektr va elektron
-
qurilmalarning alohida to'planishiga oid
qoidalariga amal qiling.
Kafolat va qo'llab-quvvatlash
Agar sizga yordam zarur bo'lsa,
www.philips.com/support saytiga kiring yoki
alohida global kafolat varaqasini o'qib chiqing.

O'ZBEK

45

Hide quick links:

Advertisement

Table of Contents
loading

Table of Contents