Philips sonicare ProtectiveClean 4700 Manual page 333

Hide thumbs Also See for sonicare ProtectiveClean 4700:
Table of Contents

Advertisement

Available languages
  • EN

Available languages

  • ENGLISH, page 1
Ultrabinafsha sanitayzer
Izoh: Qadoqdagi aksessuarlar xarid qilingan modelga
qarab farqlanishi mumkin.
Ultrabinafsha nur sanitayzeri bilan choʻtka kallagingizni
har foydalanishda tozalashingiz mumkin.
Quyidagi holatlarda sanitayzerni uzing, foydalanishni
toʻxtating va Mijozlarga yordam xizmatiga telefon qiling:
-
Ultrabinafsha chiroq eshik ochilganda ham yonib
tursa.
-
Oyna singan boʻlsa yoki sanitayzerda boʻlmasa.
-
Sanitayzer ishlayotganida tutasa yoki undan kuygan
hid kelsa.
Izoh: Ultrabinafsha nur odam koʻziga va terisiga zararli
boʻlishi mumkin. Bu qurilmani har doim bolalardan
uzoqda tuting.
1 Tish tozalagandan keyin choʻtka kallagini chaying va
ortiqcha suvni silkiting.
Ogohlantirish: Choʻtka kallagi sanitayzerda
tozalanayotganida choʻtka kallagi qopqogʻi
choʻtka kallagida emasligini tekshiring.
2 Barmogʻingizni sanitayzer yuqori qismidagi eshik
chuquriga qoʻying va eshikni tortib oching.
3 Choʻtka kallagini sanitayzerdagi 2 ta ilgakdan biriga
choʻtkalarini chiroqqa qaratgan holda joylang.
Izoh: Sanitayzerda faqat Philips Sonicare
biriktiriladigan choʻtka kallaklarini tozalang.
Izoh: Philips Sonicare for Kids choʻtka kallaklarini
sanitayzerda tozalamang.
4 Sanitayzer mos keladigan kuchlanishdagi rozetkaga
ulanganini tekshiring.
333
O'zbek

Hide quick links:

Advertisement

Table of Contents
loading

Table of Contents