Samsung QE75Q60ABUXCE User Manual page 29

Table of Contents

Advertisement

Available languages
  • EN

Available languages

  • ENGLISH, page 10
01 Qutida nima bor?
Televizor to'plamida quyidagilar mavjudligiga ishonch hosil qiling.
Birortasi yetishmasa, dilerga murojaat qiling.
• Masofadan boshqarish & batareyalar (modeliga qarab)
• Samsung Smart masofadan boshqarish pulti & batareyalar
(modeliga qarab)
• Foydalanuvchi qo'llanmasi
• CI karta adapteri
• Kafolat kartasi / Me'yoriy hujjat (ayrim mamlakatlarda yo'q)
• TV elektr kabeli
• Batareya turi modeliga qarab farqlanishi mumkin.
• Modeliga bog'liq ravishda anjomlarning rangi va shakli
turlicha bo'lishi mumkin.
• Kabellar to'plamga kirmaydi, ularni alohida xarid qilish
mumkin.
• Qutini ochganda ayrim anjomlar o'rama orqasiga yoki ichiga
berkinib qolishi mumkin.
Ogohlantirish: Ekran ehtiyot qilinmasa, bevosita
bosish tufayli shikastlanishi mumkin. Televizorni
ko'rsatilganidek qilib chetlaridan ko'tarishni
maslahat beramiz. Batafsil axborot uchun jihoz
bilan birga kelgan O'rnatish bo'yicha qisqacha
qo'llanma bilan tanishib chiqing.
Bu ekranga
teginmang!
02 Dastlabki sozlash
Televizorni ilk bor yoqqaningizda darhol dastlabki sozlash
ishga tushadi. Ekranda ko'rsatilgan ko'rsatmalarni bajaring va
televizorning asosiy parametrlarini ko'rish muhitingizga sozlang.
Televizor boshqaruvi ishlatish
Televizor tagidagi Televizor boshqaruvi tugmasi bilan yoqib, keyin
Boshqaruv menyusi ishlatish mumkin. Televizor ishlab turganida
Televizor boshqaruvi tugmasini bossangiz, Boshqaruv menyusi
menyusi ko'rsatiladi.
• SAMSUNG logotipi ustidagi yoki televizorning pastki
qismidagi himoya plyonkasi olib tashlanmagan bo'lsa, ekran
qorong'u ko'rinishi mumkin. Himoya plyonkasini olib tashlang.
Boshqaruv menyusi
Televizor boshqaruvi tugma / Masofadan boshqarish datchigi
03 Nosozlikni hal qilish va
profilaktika
Nosozliklarni hal qilish
Qo'shimcha ma'lumot olish uchun Elektron qo'llanma.
"Nosozliklarni bartaraf etish" yoki "FAQ" bo'limiga qarang.
>
Parametrlar > Elektron qo'llanma > Nosozliklarni hal
qilish yoki Savol-javob
Agar nosozliklarni bartaraf qilish bo'yicha maslahatlarning hech
biri to'g'ri kelmasa, "www.samsung.com" ga tashrif buyuring va
"Qo'llab-quvvatlash" ni bosing yoki Samsung xizmat ko'rsatish
markaziga murojaat qiling.
• TFT LED paneli subpiksellardan tashkil topgan bo'lib, ularni
ishlab chiqarish uchun ilg'or texnologiya kerak. Shunda
ham ekranda bir nechta yorqin yoki qoramtir piksel bo'lishi
mumkin. Bu piksellar jihozning ishlashiga hech qanday ta'sir
ko'rsatmaydi.
• Televizorni optimal holatda tutish uchun dasturiy ta'minotini
yangilang. TV menyusidagi Hozir yangilash yoki Avtomatik
yangilash funksiyalarini ishlating (
Qo'llab-quvvatlash > Dasturiy ta'minot yangilanishi > Hozir
yangilash yoki Avtomatik yangilash).
>
Parametrlar >
O'zbekcha - 5

Advertisement

Table of Contents
loading

This manual is also suitable for:

Qe55q60abuxceQe50q60abuxce

Table of Contents