Royal WH Series Manual page 9

Electric storage water heaters
Table of Contents

Advertisement

Available languages

Available languages

8. SUV ISITGICHGA TEXNIK XIZMAT KO`RSATISH
Diqqat! Qurilmani o'zingiz ta'mirlashga urinmang. Barcha texnik va ta'mirlash ishlari malakali
mutaxassis tomonidan texnika xavfsizlik qoidalari hamda ushbu qo'llanmadagi mavjud
qoidalarga rioya qilgan holda amalga oshirilishi kerak.
8.1. Suvni to'kish
Suv isitgich o'rnatilgan joyning harorati 0 °C dan past bo'lish ehtimoli mavjud bo'lsa, suv
isitgichdagi suvni to'kib tashlash zarur.
8.1.1. Suv isitgichni elektr ta'minotidan uzing.
8.1.2. Suv isitgich ichidagi suv xavfsiz haroratda ekanligiga ishonch hosil qiling.
8.1.3. Suv isitgichga sovuq suv yetkazib berish quvurini yoping.
8.1.4. Idish ichidagi bosimni chiqarib yuborish uchun jo'mrakdagi issiq suv buragichini oching.
8.1.5. Bakka havo kirishini ta'minlash uchun suv isitgichning issiq suv chiqishida o'rnatilgan (qizil
halqa bilan belgilangan) jo`mrakni oching. Agar u mavjud bo'lmasa, issiq suv chiqishidagi quvurga
biriktirilgan qismlarni yechish zarur.
8.1.6. Oqovaga yo'naltirilgan drenajli shlangni suv isitgichning sovuq suv kirishiga o'rnatilgan
(ko'k halqa bilan belgilangan) jo'mrak dastagiga ulang va uni oching.
Agar u mavjud bo'lmasa, drenajli shlangni suv isitgichning kirish qismiga o'rnatish kerak.
8.1.7.Suv to'kilgandan so'ng suv isitgich ichida suv yo'qligiga ishonch hosil qiling.
Suv isitgich ichki bakidagi suvning muzlashi tuzatib bo'lmas o'zgarishlar va nosozliklarga olib
keladi. Bunday holda, ishlab chiqaruvchi barcha kafolat va majburiyatlarni o'z zimmasiga
olmaydi.
8.2. E'tibor bering
8.2.1. Ishlab chiqaruvchi ushbu qo'llanmaning talablariga rioya qilmaslik yoki noto'g'ri ulanish
natijasida yetkazilgan zarar uchun javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi.
8.2.2. Santexnika shlangini ulashda suv ta'minoti tarmog'ining parametrlariga mos kelishiga e`tibor
bering.
8.2.3. Suv isitgich texnik jihatdan murakkab maishiy elektr qurilmalar qatoriga kiradi.
8.2.4. Issiq suvning 50 °C dan yuqori harorati kuchli kuyish, hatto o'limga olib kelishi mumkin.
Bolalar, qariyalar va sog'lig'i sust bo'lgan insonlarda kuyish xavfi yuqoriroq.
8.2.5. Vaqti-vaqti bilan suv isitgichdan suv tomishi mumkin, shuning uchun qimmatbaho buyum va
narsalaringizni suv isitgich ostiga qo'ymang.
8.2.6. Suv isitgichni o'rnatish va ulash xaridor hisobidan amalga oshiriladi.
8.2.7.Mahsulotning tashqi korpusidagi issiqlik izolyatsiyasi izlari nuqson emas balki texnologik ishlab
chiqarish jarayonining xususiyatidir.
8.2.8. Qurilmadagi barcha ta'mirlash va xizmat ko'rsatish ishlari faqat suv isitgichi elektr manbaidan
uzilganidan so'ng amalga oshirilishi kerak.
8.2.9. Barcha nosozliklar faqat ta'mirlash tashkilotlari (servis) mutaxassislari tomonidan bartaraf etilishi
kerak.
8.2.10. Nosozliklar yuzaga kelganda suv isitgichni elektr manbaidan uzib, sovuq suv ta'minotini
o'chiring va xizmat ko'rsatish markaziga (servis) murojaat qiling.
8.2.11. Xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qilishdan avval, nosozlik suv ta'minoti yoki elektr
ta'minotidagi uzilishlar bilan bog'liq emasligiga ishonch hosil qiling.
Mahsulot
bo'yicha barcha savollar
ko'rsatish markaziga murojaat qili
O`ZBEKISTON
QOZOG`ISTON
TOJIKISTON
QIRG`IZISTON
OZARBAYJON
UKRAINA
ROSSIYA
yuzasidan
atrofingizdagi eng yaqin vakolatli xizmat
shingiz mumkin
.
( +998 78) 148 88 88
(+7 707) 748 88 88
(+992 44) 600 88 88
(+996 775) 78 88 88
(+994 12) 404 08 80
(+380 80) 075 88 88
(8 800)
600 88 83
9

Hide quick links:

Advertisement

Table of Contents
loading

Related Products for Royal WH Series

Table of Contents