Royal WH Series Manual page 3

Electric storage water heaters
Table of Contents

Advertisement

Available languages

Available languages

Har qanday sharoitda ham, suv isitgichni qismlarga ajratish,
ta'mirlash yoki qurilma konstruksiyasini
taqiqlanadi. Agar nosozliklar mavjud bo'lsa, xizmat ko'rsatish
markaziga murojaat qiling.
Suv isitgichda elektr chaqnashi va tutun, hamda tok
o'tkazgichlarning qisqa tutashuvi kabi nosozliklar yuzaga
kelgada, darhol qurilmani elektr tarmog'idan uzib, xizmat
ko'rsatish markazi vakiliga murojaat qiling.
Elektr tarmog'iga ulashdan oldin, elektr kabeli va vilkasiga
shikast yetmaganligini tekshiring. Elektr kabelini bukish va
ustiga og'ir narsalarni qo'yish, kesish va o'z boshimchalik
bilan uzaytirish TA'QIQLANADI.
Tok manbai kabeli shikastlangan holatda ishlab chiqaruvchi,
uning servis nomzodi yoki boshqa bir malakali nomzod
tomonidan almashtirilishi kerak. Qurilmani shikastlangan
tok manbai kabeli bilan ishlatish taqiqlanadi.
Yong'in xavfsizligini oldini olish uchun suv isitgichini tok
kuchlanishlaridan himoyalanmagan elektr manbalariga ulash
TA'QIQLANADI.
Suv isitgichning elektr kabelini va vilkasini namlanmaganligini
vaqti-vaqti bilan tekshirib turing.
Vaqti-vaqti bilan suv isitgichning tashqi yuzasini, elektr
ulanish joylari va h.k.larni chang va boshqa turli jismlarda
tozalab turing.
Servis xizmat ko'rsatish va ta'mirlashdan so`ng servis xizmat
ko`rsatish mutaxassisi qurilmani ulab va uni ishlayotganligini
ko'rsatib berishi shart.
Suv isitgichni o'rnatish va ishlatish vaqtida quyidagilar TA'QIQLANADI:
- Suv isitgich konstruksiyasini o'zgartirish;
- Suv isitgichdan boshqa maqsadlarda foydalanish;
- Suv isitgichni ishlash vaqtida qiyalatish, chayqatish yoki aylantirish;
- Himoya klapanining suv chiqish teshigini yopish;
- Agar suv isitgich suv bilan to'ldirilmagan bo'lsa, elektr manbaiga ulash;
- Suv isitgich yoqilgan holda qurilmaning plastik qopqog'ini yechib olish;
- Suv isitgichni yerlatish simisiz yoki yerlatish simi nosoz bo'lgan holda yoqish;
- Isitish qurilmalari yoki issiq va sovuq suv quvurlaridan yerlatish sifatida
foydalanish;
- Suv isitgichni elektr manbaiga ulash uchun adapter va uzaytirish kabellaridan
foydalanish;
- Qurilmani shamollatilmaydigan va nam xonalarga o'rnatish;
- Suv isitgichdan manfiy haroratli joyda foydalanish;
- Qurilmani to'g'ridan-to'g'ri quyosh nurlari ostida qoldirish;
o'zgartirish
3

Hide quick links:

Advertisement

Table of Contents
loading

Related Products for Royal WH Series

Table of Contents