Samsung Smart Masofadan Boshqarish Pulti; Samsung Smart Masofadan Boshqarish Pulti Tugmalari Haqida - Samsung The Frame LS03T Series User Manual

Hide thumbs Also See for The Frame LS03T Series:
Table of Contents

Advertisement

Available languages
  • EN

Available languages

  • ENGLISH, page 34

05 Samsung Smart masofadan boshqarish pulti

Samsung Smart masofadan boshqarish pulti tugmalari haqida

• Samsung Smart masofadan boshqarish pulti rasmlari, tugmalari va funksiyalari modeliga qarab farq qilishi
mumkin.
• Universal masofadan boshqarish pultini o'rnatish funksiyasi televizor bilan kelgan Samsung Smart
masofadan boshqarish pulti ishlatilganidagina normal ishlaydi.
(Quvvat)
Televizor tomosha qilayotganda Bezak
rejimiga oʻtish uchun bosing. Bezak
rejimida televizorni tomosha qilishga
o'tish uchun bosing.
• Televizorni butunlay o'chirish uchun
bosib turing.
(Raqamli tugmasi)
Bu bosilsa, ekran pastida raqamli
tasma paydo bo'ladi. Raqamli qiymat
kiritish uchun raqamni tanlab, Bajarildi
tugmasini tanlang. Kanalni almashtirish,
PIN kodni kiritish, pochta indeksini
kiritish va hokazolarda ishlating.
• 1 soniyadan ortiq bosib turilsa, TTX
menyusi chiqadi.
Tanlang
Tanlangan bandni tanlaydi yoki ishga
tushiradi. Antenna koʻrsatuvlarini
tomosha qilayotganda bosilsa, dastur
haqida batafsil ma'lumot ko'rsatiladi.
(Qaytish)
Avvalgi menyuga qaytadi. 1 soniyadan
ortiq bosib turilsa, bajarilayotgan
funksiya to'xtatiladi. Dasturni tomosha
qilayotganda bosilsa, avvalgi kanalga
o'tiladi.
(Ijro/pauza)
Bu bosilsa, ijro tugmalari paydo bo'ladi.
Shu tugmalar yordamida ijro etilayotgan
media kontentni boshqarish mumkin.
(Smart Hub)
Dastlabki ekranga qaytadi.
• TV rejimiga o'tish uchun Bezak
rejimida bosing.
(Bixby)
Bixby ishga tushiradi. Tugmani bosib
turib, buyruqni ayting, keyin tugmani
qo'yib yuborsangiz, Bixby ishga tushadi.
Tugmani bossangiz, ekran quyi qismida
Explore Now menyusi chiqadi.
• Mavjud Bixby tillari va funksiyalari
geografik mintaqaga qarab
farqlanishi mumkin.
(Rangli tugmasi)
Foydalanilayotgan xususiyatga oid
qo'shimcha opsiyalarga o'tish uchun
ushbu rangli tugmalardan foydalaning.
• Bezak rejimida darhol Ravshanlik
qo'yish uchun tugmani bosing.
Strelka tugmasi (tepaga/pastga/
chapga/o'ngga)
TV menyusida fokusni siljitadi va
qiymatlarni o'zgartiradi.
(Tovush balandligi)
Tovushni rostlash uchun tugmani
yuqoriga yoki pastga suring. Tovushni
o'chirish uchun tugmani bosing.
1 soniyadan ortiq bosib turilsa,
Kiruvchanlik Yorliqlari menyusi chiqadi.
(Kanal)
Kanalni almashtirish uchun tugmani
yuqoriga yoki pastga suring. Yo'riqnoma
ekranini ko'rish uchun tugmani bosing.
• 1 soniyadan ortiq bosib turilsa,
Kanallar ro'yxati ekrani chiqadi.
Funksiyani ishlatish uchun tugmasini
bosing.
O'zbekcha - 19

Advertisement

Table of Contents
loading

Table of Contents