Tv O'rnatish; Televizorni Devorga O'rnatish - Samsung The Frame LS03T Series User Manual

Hide thumbs Also See for The Frame LS03T Series:
Table of Contents

Advertisement

Available languages
  • EN

Available languages

  • ENGLISH, page 34

03 TV o'rnatish

Televizorni devorga o'rnatish

Agar televizorni devorga o'rnatsangiz, ishlab chiqaruvchi bergan ko'rsatmalarga aniq rioya qiling.
To'g'ri o'rnatilmasa, televizor siljishi yoki tushib ketishi natijasida bolalarga yoki kattalarga jiddiy
jarohat yetkazishi va televizorga jiddiy shikast yetishi mumkin.
Devorga o'rnatish moslamasi bilan keladigan modellarni devor kronshteynini o'rnatishdan oldin quyidagi
rasmda ko'rsatilganidek qilib o'rnating.
• Samsung devor kronshteyni bilan birga kelgan o'rnatish qo'llanmasiga qarang.
– Devorga o'rnatish moslamasining shakli modeliga qarab turlicha bo'lishi mumkin.
– 43-50 duymli modellar uchun faqat ikkita devorga o'rnatish moslamasini o'rnatish mumkin, to'rtta
moslama esa 55 duymli modellar uchun o'rnatiladi. Ammo 65-75 duymli modellar uchun devorga
o'rnatish moslamasi mavjud emas.
• Agar devor kronshteynini o'zingiz o'rnatishga qaror qilsangiz, mahsulotga shikast yetkazilishiga yoki biror
kishi jarohatlanishiga Samsung Electronics javob bermaydi.
• Kronshteynni mustahkam, polga perpendikulyar joylashgan devorga o'rnating. Devor kronshteynini
gipsokartondan boshqa yuzaga o'rnatishdan oldin qo'shimcha ma'lumot uchun mutaxassisga murojaat
qiling. Agar televizorni shiftda yoki qiya devorda o'rnatsangiz, tushib ketib, jiddiy jarohat yetkazishi
mumkin.
• Devor kronshteyni uchun standart o'lchamlar keyingi sahifadagi jadvalda keltirilgan.
• Agar boshqa firmaning devor kronshteynini o'rnatayotgan bo'lsangiz, televizorni kronshteynga biriktirishda
ishlatiladigan vintlarning uzunligi keyingi sahifadagi jadvalning C ustunida ko'rsatilgan.
• Kronshteynni o'rnatishda to'rtala VESA (devor kronshteyni) vintlarini qotirishni maslahat beramiz
• Agar faqat tepadagi ikkita vint bilan devorga o'rnatiladigan kronshteyn o'rnatmoqchi bo'lsangiz, shu tarzda
o'rnatish mumkin bo'lgan Samsung kronshteynini ishlating. (Geografik joylashuvga bog'liq ravishda, bu
turdagi kronshteynni xarid qila olmasligingiz mumkin.)
Devorga o'rnatish moslamasi
Devorga
mahkamlanadigan
tayanch
TV
C
O'zbekcha - 9

Advertisement

Table of Contents
loading

Table of Contents