LG QNED80 Series Owner's Manual page 26

Hide thumbs Also See for QNED80 Series:
Table of Contents

Advertisement

Available languages

Available languages

Televizorni ko'tarish va siljitish
Iltimos, televizorning turi va hajmidan qat'iy nazar televizorning
tirnalishi yoki unga zarar yetishi xavfining oldini olish va uni xavfsiz
tarzda tashish uchun quyidagi maslahatlarga amal qiling.
• Televizorni u dastlab olib kelingan quti yoki o'ramda siljitish
tavsiya qilinadi.
• Televizorni siljitish yoki ko'tarishdan avval undagi quvvat
manbaiga ulash shnuri va barcha kabellarni uzib qo'ying.
• Televizorni ushlab turganda unga zarar yetishining oldini olish
uchun uning ekrani sizga teskari holda bo'lishi kerak.
• Televizor korpusining yuqori va quyi qismlarini mahkam
ushlang. Shaffof qismi, dinamik yoki dinamikning to'rli
qismidan ushlab olmaganligingizga ishonch hosil qiling.
• Katta televizorlarni tashish uchun kamida ikki kishi bo'lishi kerak.
• Televizorni tashish vaqtida uni zarbalar yoki ortiqcha
tebranishlar ta'sirida qoldirmang.
• Televizorni tashish vaqtida uni vertikal holatda ushlang, hech
qachon televizorni yon tomonga burmang va chapga yoki
o'ngga qiyalatmang.
• Rama shassilarining bukilishi/egilishiga olib keluvchi ortiqcha
bosim ishlatmang, chunki bu ekranga zarar yetkazishi mumkin.
• Televizor bilan muomala qilganda bo'rtib turgan tugmalarni
shikastlamaslik uchun ehtiyot bo'ling.
• Hamma vaqt ekranga tegib turishdan saqlaning, chunki bu
ekran buzlilishiga olib kelishi mumkin.
• Tayanchni TVga mahkamlashda ekranni tirnalishlardan himoya
qilish uchun ekranni yumshoq stol yoki tekis yuzaga qaratgan
holda qo'ying.
Stol ustiga o'rnatish
1 Televizorni ko'taring va uni vertikal holatga keltirgan holda stol
ustiga qo'ying.
• Yetarlicha havo aylanib turishi uchun devor bilan televizor
orasida (eng kamida) 10 sm masofa qoldiring.
2 Quvvat manbai shnurini rozetkaga ulang.
• Mahsulotni yig'ish paytida burama mix qismlariga begona
moddalarni (moylar, moylash materiallari, va hokazolar)
qo'llamang. (Bunday qilish mahsulotga shikast yetkazishi mumkin.)
• Agar siz televizorni tayanchga o'rnatmoqchi bo'lsangiz,
mahsulotning ag'darilib ketishining oldini olish bo'yicha
choralar ko'rishingiz kerak bo'ladi. Aks holda, televizor tushib
ketishi, bu esa shaxsiy zarar xavfiga olib kelishi mumkin.
• Xavfsizlik va mahsulotning xizmat ko'rsatish davomiyligini
kafolatlash uchun ruxsatnomaga ega bo'lmagan buyumlardan
foydalanmang.
• Ruxsat berilmagan buyumlardan foydalanish orqali yetkazilgan
har qanday zarar yoki shikastlanishlar ishlab chiqaruvchi
kafolati orqali qoplanmaydi.
• Burama mixlarning to'g'ri kiritilganligi va mahkam
qotirilganligiga ishonch hosil qiling. (Agar ular yetarli darajada
mahkam qotirilmagan bo'lsa, TV o'rnatilgandan keyin oldinga
qulab ketishi mumkin.) Ortiqcha ko'p kuch ishlatmang yoki
burama mixlarni ortiqcha qotirib yubormang; aks holda burama
mix shikastlanishi va to'g'ri qotirilmasligi mumkin.
4
O'rnatish
TVni devorga mahkamlash
1 Teshikli boltlar yoki devorga mahkamlanadigan tayanch
va boltlarni televizorning orqa paneliga kiriting va tortib
mahkamlang.
• Agar teshikli boltlar o'rnida boltlar o'rnatilgan bo'lsa, ularni
olib tashlang.
2 Tayanchlarni boltlar yordamida devorga o'rnating. Tayanch va
televizor orqa panelidagi teshikli boltlarning joylashuv o'rinlarini
moslashtiring.
3 Teshikli boltlar va tayanchlarni mustahkam bog'lagich bilan
ulang. Bog'lagich tekis sirtda gorizontal holatda bo'lishiga
ishonch hosil qiling.
• Televizor mahkam turishi uchun yetarli darajada mustahkam
va katta platforma yoki shkafdan foydalaning.
• Tayanch moslamalar, boltlar va bog'lagichlar mahsulot bilan
birga yetkazib berilmaydi. Qo'shimcha qurilmalar uchun
mahalliy dileringizga murojaat qiling.
Devorga montajlash
Devorga o'rnatiladigan tayanchni televizorning orqa tarafiga
ehtiyotlik bilan mahkamlang va uni mustahkam devorga polga
perpendikulyar holda o'rnating. Televizorni boshqa qurilish
mollariga biriktirishda malakali xodimga murojaat qiling.
LG devorga o'rnatishni malakali mutaxassis tomonidan amalga
oshirilishini tavsiya qiladi. Biz LGning devorga o'rnatish
kronshteynidan foydalanishni tavsiya qilamiz. LG-ning devorga
o'rnatish kronshteynini ulangan kabellar bilan joyini o'zgartirish
osondir. Iltimos, LGning devorga o'rnatish kronshteynidan
foydalanilmagan holatlarda, tashqi qurilmalarga ulanish uchun
yetarlicha joy bilan ta'minlangan va devorga mahkam qotirilgan
devor kronshteynidan foydalaning. Qotirilgan devorga o'rnatish
kronshteynini o'rnatishdan oldin barcha kabellarni ulash tavsiya
qilinadi.

Hide quick links:

Advertisement

Table of Contents
loading

Table of Contents