Download Print this page

Samsung The Frame LS03A User Manual page 26

Hide thumbs Also See for The Frame LS03A:

Advertisement

Available languages
  • EN

Available languages

  • ENGLISH, page 10
Qo'llanmani o'qishdan oldin
Ushbu TV ushbu foydalanuvchi qo'llanmasi va o'rnatilgan
e-Manual bilan birgalikda yetkazib beriladi. (
> Elektron qo'llanma).
Ogohlantirish! Xavfsizlikka oid
muhim ko'rsatmalar
Televizordan foydalanishdan oldin xavfsizlik ko'rsatmalarini o'qib
chiqing. Samsung mahsulotiga qoʻyilgan belgilarning izohini
quyidagi jadvaldan koʻring.
DIQQAT
TOK URISHI XAVFI MAVJUD. OCHMANG.
DIQQAT: TOK URMASLIGI UCHUN QOPQOQNI (YOKI ORQA
QISMINI) OCHMANG. ICHIDA FOYDALANUVCHI TA'MIRLAY
OLADIGAN QISMLAR YO'Q. BARCHA TURDAGI XIZMATNI
MALAKALI XODIMLARGA TOPSHIRING.
Bu belgi jihoz ichida yuqori kuchlanish
borligini bildiradi. Bu jihozning har qanday
ichki qismiga teginish xavflidir.
Bu belgi jihozda ishlatish va profilaktikaga
oid muhim hujjatlar borligini bildiradi.
II-sinf jihozi: Bu belgi xavfsizlik yuzasidan
yerga ulash majburiy emasligini bildiradi.
Agar bu belgi elektr shnuri mavjud
mahsulotga qoʻyilmagan boʻlsa, bu jihoz
yerga ulangan boʻlishi SHART.
O'zgaruvchan tok kuchlanishi: Bu belgi
qo'yilgan nominal kuchlanish o'zgaruvchan
tok kuchlanishidir.
Doimiy kuchlanish: Bu belgi qo'yilgan
nominal kuchlanish doimiy tok kuchlanishidir.
Diqqat. Foydalanish yo'riqnomasiga qarang:
Bu belgi xavfsizlikka oid batafsil ma'lumot
uchun foydalanuvchi qo'llanmasiga qarash
kerakligini bildiradi.
O'zbekcha - 2
Elektr energiyasi
• Devor rozetkalarini, uzaytirgichlarni yoki adapterlarni ularning
kuchlanish va sig'imidan ortiqcha zo'riqishiga yo'l qo'ymang.
>
Parametrlar
Bu yong'inga yoki elektr toki urishiga olib kelishi mumkin.
Tok kuchlanishi va kuchi to'g'risida ma'lumot olish uchun
mahsulotning qo'llanmasidagi ta'minot xarakteristikalari
bo'limiga va / yoki mahsulotga yopishtirilgan ta'minot manbai
yorlig'iga qarang.
• Elektr ta'minoti simlari shunday joylashtirilsinki, ularning
ustidan yurilmasin yoki buyum qo'yilmasin. Simning oxirgi va
televizorga ulangan bosh qismiga alohida e'tibor bering.
• Hech qachon jihozning tirqishlariga metal buyum tiqmang. Bu
elektr toki urishiga olib kelishi mumkin.
• Tok urmasligi uchun hech qachon bu jihozning ichki
qismlariga tegmang. Bu jihozni faqat malakali usta ochishi
lozim.
• Vilkani mahkam o'rnatib suqing. Vilkani rozetkadan
sug'urishda doim vilkadan ushlab torting. Hech qachon
simidan tortib rozetkadan sug'urmang. Elektr simiga ho'l
qo'lingiz bilan tegmang.
• Agar apparat normal ishlamasa, xususan, g'ayrioddiy shovqin
yoki hid chiqarsa, darhol tokdan sug'uring va vakolatli diler
yoki Samsung xizmat ko'rsatish markaziga murojaat qiling.
• Momaqaldiroq paytida yoki qurilma uzoq vaqt qarovsiz
qoldirilganida yoki ishlatilmaganda (ayniqsa, bola, keksa
odam yoki nogiron qarovsiz qolgan hollarda) qurilmani
shikastlanishdan himoya qilish uchun uni elektr tarmog'idan
uzib qo'yilganligiga ishonch hosil qiling va antenna yoki kabel
tizimini ajratib qo'ying.
– Chang yig'ilib qolsa, elektr simi uchqun chiqarishi va qizishi
yoki izolyatsiya shikastlanishi tufayli tok urishi, tok o'tishi
yoki yong'in chiqishi mumkin.
• Tegishli tarzda yerga ulangan vilka va rozetkadan foydalaning.
– Yerga to'g'ri ulanmagan bo'lsa, tok urishi yoki jihozga
shikast yetishi mumkin. (Faqat l-sinf jihozi.)
• Bu jihozni butunlay o'chirish uchun rozetkadan sug'uring.
Zarur paytda jihozni tezda rozetkada uzish imkoniyatini
ta'minlash uchun rozetka va vilka qulay joyda bo'lishiga amin
bo'ling.

Advertisement

loading

This manual is also suitable for:

Qe43ls03aauQe50ls03aauQe55ls03aauQe75ls03aau