Samsung NK24N1331IS/UR Installation Instruction Manual page 78

Table of Contents

Advertisement

Available languages
  • EN

Available languages

  • ENGLISH, page 28
Yoqimsiz hidlar yaxshi soʻrilishi uchun koʻmir filtrlarini vaqtida almashtirib turing.
Yogʻlarni ushlab qoluvchi filtrlar samarali xizmat qilishi uchun ularni vaqtida almashtirib
turish lozim.
Samaradorlikni oshirish va shovqinni kamaytirish uchun ushbu
qoʻllanmada keltirilgan havo tortuvchi quvurlarning maksimal diametridan foydalaning.
Foydalanish
Havo soʻrgich taom pishirish vaqtida tutun va parlarni soʻrib olish uchun xizmat qiladi va
faqat maishiy foydalanish uchun moʻljallangan.
Havo soʻrgich havoni tashqariga soʻrgich yoki uni filtrlash rejimida ishlash uchun
loyihalashtirilgan.
Soʻruvchi rejim
Ushbu rejimda parlamalar ulovchi doiraga ulangan qayriluvchan quvurlar orqali
tashqariga tortib ketiladi.
DIQQAT!
Soʻruvchi quvur mahsulot komplektiga kirmaydi va u alohida sotib olinishi lozim.
Soʻruvchi quvurning diametri ulovchi doira diametriga teng boʻlishi lozim.
DIQQAT!
Agar havo soʻrgichda koʻmir filtri mavjud boʻlsa uni olib tashlang.
Havo soʻrgichni havo chiquvchi teshik diametriga teng havo tortuvchi quvurga ulang
(ulovchi gardish).
Kichikroq diametrdagi quvurlarni oʻrnatish soʻrish kuchi kamayishi va shovqin
darajasining keskin ortishiga olib keladi.
Bu masaladagi har qanday shikoyatlar ra'd etiladi
!
Ishlatiladigan quvurning minimal uzunligi eng zarur darajada boʻlishi lozim
!
Boʻgʻinlar soni eng kam boʻlgan quvurdan foydalaning (maksimal bukilish burchagi:
90°)
!
Quvur kesimining keskin oʻzgarishini oldini olish lozim
Filtrlovchi rejim
Aylantiriluvchi havo qaytadan xonaga purkalgunga qadar yogʻlar va yoqimsiz hidlardan
tozalanadi.
Ushbu variantdagi havo soʻrgichdan foydalanish uchun faol koʻmir asosidagi
qoʻshimcha filtrlash tizimini oʻrnatish talab etiladi
Oʻrnatish
• Plita ustidagi pishirish uskunasining tayanch yuzasi bilan
dudburonning eng pastki qismi orasidagi masofa elektr
plitalar uchun 50 smdan kam bo'lmasligi va gaz yoki
aralash plitalar uchun65cmdan kam bo'lmasligi zarur.
Gaz plitasini oʻrnatish yoʻriqnomasida kattaroq oraliq
masofa talab etilsa buni inobatga olish zarur.
Elektr ulanish
Tarmoqdagi kuchlanish havo soʻrgich ichki tomonida
joylashgan texnik ma'lumotlar taxtasida koʻrsatilgan
kuchlanishga mos kelishi lozim.
vilkaga ega boʻlsa, uni shtepsel teshigiga ulang. Shtepsel
amaldagi qoidalar talablariga javob berishi va qulay joyda
joylashgan boʻlishi kerak. Jihozni rozetkaga uni oʻrnatib
boʻlgandan soʻng ulash mumkin. Agar havo soʻrgichda
vilka mavjud boʻlmasa (tarmoqqa bevosita ulanish) yoki
shtepsel teshigi qulay joyda joylashmagan boʻlsa, jihozni
oʻrnatib boʻlgandan soʻng, oʻrnatish yoʻriqnomasiga
asosan, 3-toifadagi yuqori kuchlanish holati yuz berganda
tarmoqni toʻliq uzib tashlash imkonini beruvchi ikki qutbli
viklyuchateldan foydalaning.
OGOHLANTIRISH! Havo soʻrish tizimini elektr quvvati
tizimiga ulashdan va jihozning toʻgʻri ishlayotganini
tekshirishdan oldin elektr toki bilan quvvatlantiruvchi kabel
toʻgʻri oʻrnatilganiga ishonch hosil qiling.
Havo soʻrgich maxsus quvvatlantiruvchi kabelga ega
boʻlib, unga futur yetgan hollarda texnik xizmatga
buyurtma berib harid qilishingiz mumkin.
78
Agar havo soʻrgich
Oʻrnatish
Oʻrnatishdan oldin:
Siz harid qilgan jihoz oʻlchamlari oʻrnatmoqchi boʻlgan yeringizga mos kelishini
tekshiring.
Mavjud boʻlgan taqdirda koʻmir filtrlarini yechib oling (taalluqli boʻlimga qarang).
Filtrlarni faqat havo soʻrgichni filtratsiya rejimida ishlatishni hohlasangiz qaytadan
oʻrnatish mumkin.
Havo soʻrgichni ichini transport yordamida olib kelish paytida begona narsalar
(vintlar solingan paketlar, kafolat qogʻozlari va h.) qolib ketmaganiga amin boʻlish
uchun tekshiring va mavjud boʻlsa ularni chiqarib saqlab qoʻying.
Bu qopqoq javon yoki boshqa tayanch uskunaga o'rnatishga mo'ljallangan.
Texnik xizmat koʻrsatish
Tozalash
Tozalash uchun FAQAT neytral tozalovchi suyuqlikda hoʻllangan lattadan foydalaning.
HECH QANDAY TOZALASH QUROLLARIDAN FOYDALANMANG. Abraziv
materiallardan iborat vositalarni qoʻllamang. SPIRTDAN FOYDALANMANG!
Texnik xizmat koʻrsatish jarayonida doimo ishchi qoʻlqoplarni taqing.
Yogʻlarni ushlab qoluvchi filtrlar.
Fig. 2-11
Plitalardan chiquvchi yogʻ parchalarni ushlab qoladi.
Filtrni har oyda yumshoq ta'sir etuvchi yuvuvchi vositalar yordamida qoʻlda yoki idish
yuvuvchi uskuna yordamida past haroratda, yuvishning qisqa siklida tozalash lozim.
Idish yuvuvchi uskuna yordamida yuvganda yogʻlarni tutib qoluvchi filtr rangi xiralashishi
mumkin, lekin uning filtrlash xususiyati mutlaqo oʻzgarmaydi.
Yogʻlarni tutib qoluvchi filtrni yechish uchun filtrni ajratish uchun moʻljallangan prujinali
tutqichni oʻzingizga torting.
Koʻmir filtri (filtrlovchi rejim uchun)
Fig. 10
Oshxonadagi yoqimsiz hidlarni yoʻqotadi.
Koʻmir filtrini toʻlib qolishi undan ancha vaqt foydalangandan soʻng, oshxona turi va
yogʻlarni tutib qoluvchi filtrning tozalanib turilish vaqtiga qarab yuz berishi mumkin.
Har qanday taqdirda, kartridjni har 4 oyda almashtirib turing.
Koʻmir filtri yuvilmaydi va qayta tiklanmaydi.
Moy filtrlarini chiqaring.
Har bir tomonga bittadan ko'mir filtrini qo'ying va uni qopqoqqa ilib qo'ying.
Moy filtrini qayta o'rnating.
Koʻmir filtrlarini harid qilish
Koʻmir filtrlari Samsung servis veb-sahifasi va xizmat koʻrsatish markazidan harid
qilinishi mumkin. Qoʻllanmaning soʻnggi sahifasiga qarang.
Lampalarni almashtirish
Jihozni elektr tarmog'idan uzing.
Ogohlantirish! Lampochkaga teginishdan avval uning soviganligini tekshirib ko'ring.
Tortmani to'liq chiqaring.
Lampochka bo'lmasini ochish uchun so'ruvchi panjarani chiqarib oling.
Kuygan lampochkani olib, o'rniga yangisini qo'ying (quyidagi jadvalga qarang):
Lampochka
Quvvati (Vatt)
3
Kuchlanish (V)
O'lchami (mm)
35x102 (Diametr x
220-240
ILCOS D Kodi
(IEC 61231'ga ko'ra)
DRBB/C-3-220-240-E14-35/102
Panjarani joyiga qo'ying.
Agar chiroq yonmasa, texnik yordam chaqirishdan avval lampochkaning to'g'ri
qo'yilganligini tekshirib ko'ring.
Xizmat muddati tugaganidan keyin lampani chiqarib olish: Yuqoridagi chiqarish usuliga
qarang.
Rozetka
E14
Uzunlik)

Advertisement

Table of Contents
loading

Table of Contents